Get Mystery Box with random crypto!

Yerosti kabellaridagi yongʻin sababli davlat xizmatlarida uzil | Xushnudbek.uz

Yerosti kabellaridagi yongʻin sababli davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilmoqda

Bugun, 10-iyun kuni soat 08:10 lar atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan oʻtgan yerosti tunnelida yongʻin sodir bo‘ldi.

Yongʻin kelib chiqishiga “Oʻzbekiston” podstansiyasidan chiqqan kabel tarmogʻi shikastlanishi sabab boʻlgani maʼlum qilindi. Yongʻinni oʻchirish uchun 9 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri ham yetib borgan. Yongʻin 1 soatda bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, ammo Yakkasaroy tumanining Konstitutsiya va Yunus Rajabiy mahallalari hamda Mirobod tumanining Abdulla Avloniy va At-Termiziy mahallalaridagi aholi isteʼmolchilari elektr energiyasidan uzilgan.

Shuningdek, IIV binosi yonidan oʻtgan yerosti kabellari yonishi oqibatida Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kelib chiqqan.


@xushnudbek