Get Mystery Box with random crypto!

'Nyukasl'ga yana investisiya kiritildi Saudi | Futbolchilar

"Nyukasl"ga yana investisiya kiritildi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi "Nyukasl"ga yana 80,8 million yevro investisiya kiritdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.
Qayd etilishicha, bugungi kunda egalar guruhining "Nyukasl"ga jami sarmoyasi 510 million yevrodan oshadi.
“Biz Angliya va Yevropada doimiy ravishda eng yuqori saviyalarda raqobatlasha oladigan klub qurish bo‘yicha uzoq muddatli rejaning boshida turibmiz. Biz jamoa va loyihani rivojlantirishimiz kerak. Biz buni moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishimiz kerak. Ushbu qo‘shimcha sarmoya bizga biznes rejamizni davom ettirishga imkon beradi", dedi klub bosh direktori Darren Ilz.
"Nyukasl" 14 turdan keyin 27 ochko bilan APLda uchinchi o‘rinda bormoqda.
-