Get Mystery Box with random crypto!

Eldor qishda qaysi jamoaga o‘tishi mumkin? ' | Futbolchilar

Eldor qishda qaysi jamoaga o‘tishi mumkin?

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida hozirgi klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Metaratings.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik forvardga "Bolonya" va "Torino" klublari qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan 27 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha ijara asosida yangi klubiga o‘tadi va klublar yozda to‘liq transfer masalasini muhokama qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan yozda "Jenoa"dan 18 million yevro evaziga "Roma"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi rimliklar bilan 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini 8 million yevroga baholamoqda.
-