Get Mystery Box with random crypto!

Levandovski uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin | Futbolchilar

Levandovski uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Kataloniyaning “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski "Osasuna"ga qarshi kechgan La Liga o‘yinida (2:1) sportga xos bo‘lmagan harakati uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda El Parttidazo de Cope nashri.
Polshalik to‘purar birinchi bo‘lim o‘rtalarida ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi. Uchrashuv protokolida qayd etilganidek, hujumchi maydonni tark etar ekan, hakamga nisbatan ishora qildi. Shu sababli, Robertni uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilishim mumkin.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 14 ta jangda qatnashib, 13 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
-