Get Mystery Box with random crypto!

Yevropaning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishing! | Futbolchilar

Yevropaning eng sermahsul futbolchilari bilan tanishing!

Mavsumning o‘rtasiga ham yetganimiz yo‘q. Shunga qaramay, bugun Yevropadagi kuchli beshlik chempionatlarining eng sermahsul hujumkor futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqmoqchimiz. Quyida "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga asoslanib, futbolchilarning gol va assist tizimidagi umumiy natijalari e’lon qilinadi.
Jonatan Devid (11)
Yevropaning gigant jamoalari Devidni "Lill"dan sotib olmaganiga hayron bo‘lsangiz arziydi. Kanadalik hujumchi bu mavsumda o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ya oldi. Devid keyingi yozda kattaroq klubga o‘tsa kerak. Harxolda, uning natijalari shunga ishora qilmoqda.
Xarri Keyn (12)
Angliya terma jamoasida borgan sari jarohatlar bilan bog‘liq muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Ammo Sautgeyt markaziy hujumdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Keyn ayni damda sport formasida va APLni yondirishni davom ettirmoqda. "Shporlar" yetakchisining hisobida hozirga qadar 11 ta va 1 ta ass-