Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 76.87K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-11 14:32:13
#Attestatsiya
#Bayonot_21

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
13.8K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2024-05-10 19:15:24
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Alfraganus universiteti hamda MY5 telekanali hamkorligida “Gravitatsion idrok” loyihasiga start berilmoqda.

Ushbu intellektual shou 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir dasturda yurtimizning 3 ta hududidan 5 nafardan jami 15 nafar bitiruvchilar ishtirok etadi.

Mazkur loyihada g‘olib bo‘lgan 5 nafar o‘quvchilar Alfraganus universitetiga grant asosida 4 yil bepul tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

“Gravitatsion idrok” shousida eng iqtidorli o’quvchilarimiz tomonidan yangi marralar zabt etiladi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
20.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2024-05-10 14:03:32
#Attestatsiya
#Bayonot_20

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
15.4K views11:03
Ochish/sharhlash
2024-05-08 20:01:08
#Yangi_loyiha

200 nafar o’qituvchi Fransiyaga boradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi.

Ayni paytda butun Respublikamiz bo'ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari “Ev@lang” platformasi orqali Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirishdi.

Test natijalariga ko'ra tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik offlayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Ma'lumot o'rnida: ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yakuniy natijalarga ko'ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan fransuz tili ustozlari 2024-yilning yakuniga qadar Fransiyaning nufuzli oliygohlariga yuboriladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
12.9K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2024-05-08 16:24:12
#Эълон

“Raqamli maktab” hamda “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi: iqtidoringizni biz bilan birga sinab ko‘ring!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bora “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi tashkil etilmoqda.

Unda yurtimizdagi barcha maktablar va ustozlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni istagan ustozlar va ta'lim muassasalari eMaktab portalidagi profili orqali smart tizimga kirishlari lozim.

Bunda pedagoglar va maktablarning 2023-2024-o‘quv yili 4-choragidagi faoliyati baholanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir viloyatdan bittadan maktab va har bir raqamli maktabdan bittadan o‘qituvchi tanlab olinadi.

Tanlov natijalari 2024-yilning iyun oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Tanlov shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1595

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
15.4K viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:44:35
Taʼlim maskanlarida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

Mamlakatimiz taʼlim maskanlarida 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan turli tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, yurtimizning barcha hududlarida yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytirish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga hurmat ko‘rsatilish maqsadida “Sharaf” lentalarini taqish aksiyasi faollik bilan tashkil etildi.
________
Fotolavhalarda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
12.9K views09:44
Ochish/sharhlash
2024-05-07 09:06:41
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

Muloqotni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
56.7K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2024-05-07 07:38:24
Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;

Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.


Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
24.9K views04:38
Ochish/sharhlash
2024-05-06 10:50:16
Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 7-may kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzularga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
86.1K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-05-06 10:20:37
#Attestatsiya
#Bayonot_17

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
21.2K views07:20
Ochish/sharhlash