Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.13K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-03-21 14:27:36
#Infografika

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

Statistika 21-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
33.1K viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash
2024-03-21 06:26:25
Hurmatli hamyurtlar!

Barchangizni 21-mart - Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  jamoasi
26.3K viewsedited  03:26
Ochish/sharhlash
2024-03-20 14:58:04
#Диққат_эълон!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.

Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
nomzodning shaxsiy telefon raqami;
soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
30.9K viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2024-03-20 12:53:10
#Infografika

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
15.1K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2024-03-19 16:58:20
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yoʻnalishdagi loyiha va tanlovlar oʻtkaziladi:


Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Arqon tortish”, “Koʻz bogʻlar” oʻyinlari

Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

Sogʻlom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navroʻzda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

Ekologiya yoʻnalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Ekopatrul” loyihasi, “Eng obod taʼlim muasssasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasisidagi 4.5 mln. nafar oʻquvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
32.5K views13:58
Ochish/sharhlash
2024-03-18 13:04:06 Kogon tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan avtohalokat tafsilotlariga doir axborot

2024-yilning 18-mart kuni tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatriga borayotgan chog‘ida avtobuslardan biri yo‘l transport hodisasiga uchragan hamda bir o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.

Avtohalokat natijasida jarohatlangan o‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas'ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
20.7K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2024-03-18 12:43:24
#Эълон

5-8-sinf o'quvchilari uchun informatika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi 6-aprel kuniga ko'chirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son Qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
20.7K viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2024-03-17 12:24:59
Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Natijalarni aniqlash tartibini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Buning uchun nomzod pedagog https://my.uzbmb.uz/result havolasiga kirishi va so‘ralgan quyidagi ma’lumotlarni namunada ko‘rsatilganidek tizimga ketma-ket kiritishi lozim:

nomzodning pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriya va raqami);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);

so‘ralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


Mazkur ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq kiritilgandan so‘ng, nomzodning test natijalari ma’lum qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
18.4K views09:24
Ochish/sharhlash
2024-03-17 10:52:35
"Milliy sport turlari va xalq o’yinlari" musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi

Namangan viloyatida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi, viloyat MMTB va Jamiyatning mintaqaviy bo‘limi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida ''Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari'' respublika bosqichi hamda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida sportning shashka turidan o‘rtoqlik musobaqasi o‘tkazildi.

Unda jami 200 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa milliy xalq o‘yinlarini ommalashtirish va tajriba almashish  maqsadida tashkil etildi.

Yakuniy natijalar:
-o‘rin Namangan v.;
-o‘rin Samarqand v.;
-o‘rin Qoraqalpog‘iston R.  va  Xorazm viloyati jamoasi.


Taqdirlash marosimida  Markaziy kengash raisining birinchi o’rinbosari B.Xidoyatov hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari X.Abdurahmonovlar ishtirokchilarga zafarlar tilab, musobaqa g‘oliblariga medal, diplom va esdalik sovg’alarni topshirdilar.
13.2K views07:52
Ochish/sharhlash
2024-03-10 07:52:17


O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.

Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

Ozod Axtamov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oquvchisi;

Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf oquvchisi;

Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich oquvchisi;

Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oquvchisi.

Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
21.0K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash