Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.13K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-30 06:32:21
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1535
__________
Ma’lumot uchun,
2025-yilidan boshlab ta'lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
25.0K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2024-03-29 15:46:30
Turkmanistonda tashkil etilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:


Yusufjon Ortiqov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi oltin medal,

Maqsadbek Egamberganov - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi oltin medal,

Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi kumush medal,

Murodjon Mamatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medal,

Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Tohirjon Tairov - Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Mirshod Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Ulug‘xo‘ja Bafoyev - Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Xushnudbek Durdiyev - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medal.

Ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
19.2K views12:46
Ochish/sharhlash
2024-03-27 14:40:04
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
13.5K views11:40
Ochish/sharhlash
2024-03-27 12:58:07
#Ustoz_shogird

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumtaʼlim muassasalariga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi haqida aytib oʻtgan edik.

2024-2025-oʻquv yilidan bu amaliyot tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Anʼanaviy berib borilayotgan “Ustoz va shogird” loyihasining navbatdagi sonida shu mavzu atrofida fikr yuritiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
30.6K viewsedited  09:58
Ochish/sharhlash
2024-03-27 10:07:15
#live

Ayni damda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida o‘tkazilayotgan “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
17.0K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2024-03-27 09:29:25
Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish uskunalari oʻrnatiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida hamda boshqa belgilangan joylarda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2024-2026-yillar davomida yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida ushbu foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli roʻyxat asosida oʻrnatadi hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
21.9K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2024-03-25 12:13:08
#Namangan

Bugun Namangan viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohani rivojlantirishga doir yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish doirasida tuman mudirlari o‘z hududidagi ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha taqdimot qilishdi.

Taqdimotlarda barcha tuman mudirlarning yillik rejalari, amalga oshirilayotgan ishlar va  loyihalari bilan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida:

maktablarda joriy etilgan yangi baholash tizimi,
maktabgacha ta’lim tizimiga qamrov darajasini oshirish;
o‘qituvchilarga toifa berish jarayonlarini shaffof o‘tkazish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal qilish haqida so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
16.5K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2024-03-22 16:03:59
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi haqida.

Maqsadimiz o’quvchilarimizning iqtidorini qo’llab-quvvatlashdir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
27.4K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-03-22 08:36:00
OGOHLANTIRISH!
Hurmatli tadbirkorlar diqqatiga!
9-DALOLATNOMAGA TUSHIB QOLMANG!


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 33-bandida qanday holatlarda ikkala tomon o'rtasidagi bitimning buzilishiga sabab bo'ladigan holatlar keltirib o'tilgan.

Mazkur bandlarga rioya qiling va qing'ir yo'llardan foydalanmang.

Noqonuniy faoliyatning oldini olish doimiy nazoratda.

Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
13.6K views05:36
Ochish/sharhlash
2024-03-22 06:40:38
"Chet tillarini puxta o‘zlashtirganim evaziga oyiga o‘rtacha 5 millionga yaqin daromad topaman", - Termiz shahridagi
1-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Farrux To‘rayev


Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan 1-umumta'lim maktabi o‘quvchilarining chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari katta. Bugungi kunda maktabning 22 nafar o‘quvchisi xalqaro til bilish darajasi - IELTS sertifikatlariga ega.

Jumladan, 2 nafar o‘quvchida IELTSdan 8 ballik, 2 nafar o‘quvchida 7,5 ballik, yana 2 nafar o‘quvchida esa 7 ballik va qolgan o‘quvchilarda 6,5 ballik sertifikatlar mavjud.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
21.8K views03:40
Ochish/sharhlash