Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_loyiha 200 nafar o’qituvchi Fransiyaga boradi Makt | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Yangi_loyiha

200 nafar o’qituvchi Fransiyaga boradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi.

Ayni paytda butun Respublikamiz bo'ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari “Ev@lang” platformasi orqali Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirishdi.

Test natijalariga ko'ra tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik offlayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Ma'lumot o'rnida: ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yakuniy natijalarga ko'ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan fransuz tili ustozlari 2024-yilning yakuniga qadar Fransiyaning nufuzli oliygohlariga yuboriladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin