Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.13K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-03-06 07:49:50
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan bir guruh xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi:

Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi Zevarjon Norbayeva — II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan;

Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 16-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Xusniobod Soxibova hamda

“Gʻuncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shamalikovalar — “Shuhrat” medali bilan mukofotlanishdi.


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
19.4K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2024-03-05 14:56:35
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib koʻrdi.

Maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot boʻldi.

Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi oʻz yoʻnalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim boʻladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
12.8K views11:56
Ochish/sharhlash
2024-03-05 09:37:09
#Õzbekiston_tarixi
#15_dars

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qarluqlar. Oʻgʻuzlar. Tohiriylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Qarluqlar, Oʻgʻuzlar va Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
28.5K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2024-03-05 08:06:06
TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etishadi.

Ma'lumot o'rnida: TALIS (Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etishdan iborat.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
15.3K views05:06
Ochish/sharhlash
2024-03-03 14:11:01
Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan mart-aprel oylarida sport sinovlari qabul qilinadi

Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.

Hozirda tibbiy-ko'rikdan o'tgan o'quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan.

Shoshiling, Siz ham o'zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o'tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo'ling.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma'lumotni Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridan olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
31.3K views11:11
Ochish/sharhlash
2024-03-03 12:36:46
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_30

AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

Bugungi audiobayonotimizda:

00:12 Men attestatsiyadan o‘tish uchun belgilangan oxirgi kunning so‘nggi daqiqalarida hujjat topshirishga ulgurdim. Ammo arizamning holati hamon “ko‘rib chiqilmoqda” bo‘lib turibdi. Endi mening arizam qabul qilinmaydimi?

01:22 Men 2023-yilda magistraturani bitirib, yaqinda maktabga ishga kirdim. Direktorimiz mendan malaka sertifikatimni taqdim etishimni so‘rayapti. Bu sertifikatni qayerdan olishim mumkin?

02:58 Men majburiy attestatsiyadan o‘tish uchun ariza yuborganman. Attestatsiya sinovlari bu yil ikki bosqichda o‘tkazilishini eshitdim, shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
14.3K views09:36
Ochish/sharhlash
2024-03-02 15:01:35
#Эътироф

Oʻquvchilariga stipendiya joriy etgan andijonlik ustozga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tashakkurnomasi yetkazildi


Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova oʻquvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida stipendiya joriy etgani haqida xabar bergandik.

30 yillik tajribaga ega ustozimiz bu orqali sinfdagi o’quvchilarning yangi bilimlarni egallashdagi motivatsiyasini oshirish, ularning fanni o’rganishdagi qiziqishlarini oshirishni maqsad qilgan.

Yorqinoy Mamatisaqovaning mehnatlari va jonkuyarliklarini alohida e’tirof etgan holda, unga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.


Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
17.5K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2024-03-02 12:42:38
#Tórtkúl_rayonı
#Kóshpeli_qabıllaw

Ózbekstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrliginiń wákili A.Kandalatov basshılıǵında Tórtkúl rayonında kóshpeli qabıllawı bolıp ótti.

Kóshpeli qabıllawda puqaralar tárepinen ulıwma orta bilim beriw mektepleri hám mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemlerin elede rawajlandırıw boyınsha pikir hám usınıslar berildi.

Puqaralar tárepinen jámi 13 múrájat kelip tústi.
Sonnan 5 múrájat unamlı sheshim tapqan bolsa, qalģan 8 múrájat iyelerine huqıqıy túsinikler berildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
|Web| Instagram | Facebook |Telegram | Youtube
13.2K views09:42
Ochish/sharhlash
2024-03-02 11:18:32
#kelajak_sari

Yangi Oʻzbekiston maktablari qanday oʻquvchilarni tarbiyalamoqchi?


Ushbu videorolikda bugungi zamonaviy oʻquvchi hamda har tomonlama barkamol avlod vakillari qanday xislatlarga ega boʻlishi zarurligi haqida fikr yuritilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
18.1K views08:18
Ochish/sharhlash
2024-03-02 09:57:34
Maktab kutubxonachilari uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Respublika pedagogik taʼlim resurs markazi tomonidan poytaxtimizdagi 298-umumtaʼlim maktabida “Maktab kutubxonasi ishini tashkil etishga zamonaviy yondashuv” mavzusida amaliy-seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Markaz hamda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi masʼullari tomonidan Toshkent shahridagi metodistlar va tayanch kutubxonachilar uchun kasb mahoratini oshirishga doir dars mashgʻulotlari tashkil etildi.

Shuningdek, bibtexnika vositalaridan foydalanish boʻyicha maktab kutubxonachilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
16.5K views06:57
Ochish/sharhlash