Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.13K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-03-01 18:39:34 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Attestatsiya sinovlarining shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash, turli qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida vazirlikning korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar beruvchi maxsus bot tashkil etilgan.

Hurmatli pedagoglar! Agar sizdan:

attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz va malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirishayotgan;
sinov testlarini olib berish evaziga pul talab qilishayotgan boʻlsa,
mazkur bot orqali bizga xabar bering!

Unutmang, siz ziyoli qatlam, shu bilan birga kelajak avlod yaratuvchilar vakilisiz. “Xolis” insonlar koʻmagiga ishonib, oʻzingiz va kasbiy obro‘yingizga xavf tugʻdirmang.

Faqatgina oʻz bilim va malakangizga tayaning!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
86.5K views15:39
Ochish/sharhlash
2024-03-01 17:04:04
#EshitishniXohlayman
#ХочуСлышать

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
12.7K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-03-01 16:23:09
Hammaga xayrli tong!

Keling, uncha yaxshi bo‘lmagan bir xabardan boshlaylik: kechagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etganlarning 83% daraxtlarning amaliy foydasini va ular shahar hududlaridagi issiqlikni kamaytirishdagi o‘rnini kam baholashgan.

Videoda: Xitoyning Nankin shahridagi Vu Tong prospekti. Daraxtlar tufayli, ko‘chadagi havo harorati 12°C ga pasayadi.

Buni unutmang. Ayniqsa hozir, bahor va daraxt ekish vaqti kelganida.

Доброго всем утра!

Начнём с не очень хорошей новости: по результатам вчерашнего опроса, 83% участвовавших в нём, недооценивают практической пользы деревьев и то значение, которое они могут играть в смягчении жары в городских районах.

На видео: проспект Ву Тонг в китайском городе Нанкин. Благодаря деревьям, температура воздуха на дороге снижается на 12°C.

Не забывайте об этом. Особенно сейчас, когда пришла весна, а с ней и время для посадок деревьев.

Zamin | Facebook | Instagram
12.7K views13:23
Ochish/sharhlash
2024-03-01 11:58:10
#Turon_teatri

“Turon” maktab teatri tanlovida ishtirok eting va xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiriting!

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etiladi.

Mazkur tanlov maktablarning 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 shart asosida o'tkaziladi.

Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
Hududiy bosqichi — 22-apreldan 4-may kunlari;
Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari.

Respublika bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayyohatini qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://turonteatri.uz/

Tanlov Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
16.6K viewsedited  08:58
Ochish/sharhlash
2024-03-01 07:33:50
#Видео_йўриқнома

Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
27.8K views04:33
Ochish/sharhlash
2024-03-01 07:05:05
Maktab — ilm gulshani!

Maktab ostonasidan ichkariga qadam bosgan har bir ustoz ulkan qalbli bolaga aylanadi.

Ustoz - bu sizu bizga qalb qo‘rini bag‘ishlagan, qo‘lingga qalam tutib, yozishni, o‘qishni, dunyoni anglashga o‘rgatgan, bugungi yutuqlaringizga ozmi-ko‘p beminnat hissasini qo‘shgan insondir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
18.0K views04:05
Ochish/sharhlash
2024-02-29 09:15:38
#Shoshiling

Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun
yakunlanadi!

Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
36.4K views06:15
Ochish/sharhlash
2024-02-29 06:52:04 Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda!

Nizomning 8-10-bandlarida: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikat"lar rasmiylashtirildi.

Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

P.S Nizomning 8-10-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 31 dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (https://pedkadr.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
23.5K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2024-02-28 17:52:52
Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish masalalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba

Ta’lim jarayonida xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.

Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi.

Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni "ovozsiz" rejimga o‘tkazishi) shart.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o’quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog’liq talablar belgilangan.

Xorijiy tajriba qanday?

Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan.

Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.

Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
61.4K views14:52
Ochish/sharhlash
2024-02-27 09:38:25
Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
58.6K views06:38
Ochish/sharhlash