Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Attestatsiya
Эътироф
Bayonot
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.13K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-09 19:04:33
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi loyihasi

“ANDIJON FARZANDLARI...”

Xorijiy til fan olimpiadalari g'olibi, 2 ta xorijiy tilda mukammal so'zlashish imkoniyati va Xalqaro IELTS 7,0 darajasiga ega bo'lgan Asaka tumanidagi 42-DIMI o'quvchisi Maftuna Rahmonaliyevaning hikoyalari...

Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati
13.2K views16:04
Ochish/sharhlash
2024-03-09 18:18:37
Surxondaryoda 1 ming 273 nafar nafaqadagi o‘qituvchi ayollarga bayram tabriklari yo‘llandi

8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyatdagi 1 ming 273 nafar jonkuyar faxriy pedagog ayollarga bayram tabriklarini yo‘lladi.

Bugun boshqarma boshlig‘i viloyatning turli hududlarida bo‘lib, bir guruh onaxonlarga mazkur bayram tabriklarini o‘qib eshittirdi va ularga o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Faxriy pedagoglar bilan bo‘lgan suhbat davomida Xusniddin Mamadiyev fidoyilik timsoli bo‘lgan aziz ustozlar, mo‘tabar ayollarga ta'lim tizimiga qo‘shgan hissalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Boshqarma boshlig‘ining tabriknomalarini viloyatning barcha hududlaridagi faxriy pedagog ayollarga yetkazish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
13.3K views15:18
Ochish/sharhlash
2024-03-08 07:15:43
#Tabriknoma

Aziz va muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va dasturxonlaringizga to’kinlik tilaymiz.

Hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo’lib yuring!

Bayram muborak bo’lsin, aziz ayollar!

#Siz_borsizki_olam_munavvar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
23.7K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-03-07 19:09:20
Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, sovrindor xotin-qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida faol qatnashib kelayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan turli sohalarga doir islohotlarda ayollarning o‘rni va ishtiroki ortib bormoqda.

Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishda tizimda mehnat qilib kelayotgan yuz minglab ayol pedagoglarning o‘rni katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Farzandlarimizning har tomonlama barkamol va vatanparvar shaxslar bo‘lib kamol topishida bu zahmatkash insonlarning o‘rni beqiyos.

Vazir Prezidentimizning tegishli qarori bilan joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xotin-qizlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘nggida ushbu taqdirlangan xotin-qizlarga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
14.3K views16:09
Ochish/sharhlash
2024-03-07 10:06:36
#Bayram_shukuhi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 8-mart bayrami bilan vazirlik xotin-qizlari va obodonlashtirish xodimlarini tabrikladi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
49.1K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2024-03-06 18:12:45
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.
156.2K views15:12
Ochish/sharhlash
2024-03-06 17:40:39 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2022-2023-o‘quv yili (2022-yil sentabr oyi)ga doir ma’lumotlar e’lon qilindi.

pasportbino.uz ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi jami mavjud 33 333 ta bino va inshootlarning 83 tasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9 ta, Andijon viloyatida 21 ta, Buxoro viloyatida 3 ta, Jizzax viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 7 ta, Namangan viloyatida, 4 ta, Samarqand viloyatida 4 ta, Surxondaryo viloyatida 7 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 10 ta, Fargʻona viloyatida 8 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, Toshkent shahrida 6 ta) seysmik zaif bino-inshootlar hisoblanadi.

Hozirda mazkur bino-inshootlarda oʻquv jarayonlari olib borilmaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
15.9K views14:40
Ochish/sharhlash
2024-03-06 14:51:33
#Диққат_эълон

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

Attestatsiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2024-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
105.7K views11:51
Ochish/sharhlash
2024-03-06 13:08:33
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
49.2K views10:08
Ochish/sharhlash
2024-03-06 12:14:59
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Andijon

Andijonlik o'quvchimiz o'z maktabida tengdoshlarini IELTS imtihonlariga tayyorlamoqda


Maktabida oʻquv kursi tashkil etib, tengdoshlarini Xorijiy til bilish sertifikatlarini olishlariga ko'maklashayotgan 8.0 IELTS ko'rsatkichiga ega Andijon shahridagi 1-umumta'lim maktabi o'quvchisi Ulug'bek Mamasoliyevning hikoyasi.
_______
Darvoqe, "Hayot maktabi" tamoyili asosida ushbu maktabda tikuvchilik to'garagi ham faoliyat yuritayotgan bo'lib, unda o'quvchi qizlar darsdan bo'sh vaqtlarida hunar o'rganishmoqda.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
15.6K views09:14
Ochish/sharhlash