Get Mystery Box with random crypto!

Byudjet mablag'larining talon taroj qilish yillar davomida ort | Soni Qancha?

Byudjet mablag'larining talon taroj qilish yillar davomida ortmoqda

Tanzila Norboyeva Senatning 23 apreldagi o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida so‘nggi 4 yil davomida qancha budjet mablag‘i noqonuniy sarflangani va bu mablag‘larni o‘zlashtirgan mansabdorlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Hisob palatasining oxirgi uch yildagi hisobotiga ko‘ra, byudjet mablag‘lari hisobidan noqonuniy xarajatlar oshib bormoqda.

Xususan:
2017 yilda — 36,5 milliard so‘m;
2018 yilda — 1 trillion 200 milliard so‘m;
2019 yilda — 1,1 trillion so'm;
2020 yilda — 2,7 trillion so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Byudjet puli — bu xalqning puli. U xalqqa borishi kerak. Bu mablag‘lar qaysidir chinovniklarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Byudjet mablag‘larini sarflash shunchalik osonmi?

@SoniQancha