Get Mystery Box with random crypto!

ISHID'dan so'ng Iroqani qayta tiklash qiymati qancha? 2014 yi | Soni Qancha?

ISHID'dan so'ng Iroqani qayta tiklash qiymati qancha?

2014 yilga kelib ISHIDchilar Iroq hududining uchdan bir qismini egallab olgan edi. O‘sha yilning iyunida ular Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Mosulda ham nazorat o‘rnatdi va uni o‘zlarining poytaxti deb e’lon qildi. Mosulni ozod qilish operatsiyasidan keyin bu yerda buzilmagan bino deyarli qolmadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Iroqning 80% vayronalar ostida qolgan.

Iroq hukumatining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatni tiklash uchun $88 milliard kerak. Shundan, $22 milliard zudlik bilan zarurdir.

Birgina ISHID o'ziga poytaxt qilib olgan Mosulda birortayam buzilmagan bino qolmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharni qayta tiklash uchun kamida $2 milliard kerak.

@SoniQancha