Get Mystery Box with random crypto!

Karbonat angidridni yoqilg‘iga aylantirish ixtiro qilgan odamg | Soni Qancha?

Karbonat angidridni yoqilg‘iga aylantirish ixtiro qilgan odamga $100 mln mukofot vada qilindi

Reuters nashrining xabar berishicha, Tesla bosh direktori Ilon Mask karbonat angidrid (CO2)ni yoqilg‘iga aylantirish yo‘lini topadigan ixtirochiga $100 mln va’da qildi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sovrin miqdori oshishi mumkin.

U atmosferadan uglerod ajratib olish texnologiyasi havodan ifloslantiruvchi zaharli gazlar ajralib chiqish darajasini 2050-yilga qadar nolga yetkazishda juda muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Konkurs 2025-yil Xalqaro yer kuniga qadar to‘rt yil davom etadi.

@SoniQancha