Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-09-13 16:30:12
Kim ko'p jarima to'laydi?

Google dunyodagi eng ko'p daromad qiluvchi kompaniya bo’lishi bilan birga, eng ko'p jarima to'lovchi kompaniya hamdir.

Kompaniyaning quyidagi yaqin vaqtlar ichida jarimalar to'lagan:
— Yevro komissiya tomonidan $5 mlrd (2018);
150 mln yevro (2019 );
— Rossiya tomonidan 3 mln rubl va 6 mln rubl (2021)
— Frasiya tomonidan 957 mln yevro;

Kompaniyaning bunaqa jarimalari anchagina. Nima deb o'ylaysiz biz ham Googleni jarimaga tortamizmi?

@SoniQancha
1.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-13 16:30:12
Xiaomi’ning eng qimmat noutbugining narxi qancha?

O’zining arzon qurilmalari bilan mashxur Xiaomi kompaniyasi endi qimmat noutbuk ishlab chiqaribdi.

29-iyun kuni Mi Notebook Pro X noutbugining rasmiy tizeri e’lon qilindi. Qiymati $1500 ga baholanayotgan noutbukka Intel Tiger Lake-H35 protsessori, GeForce RTX 3050 Ti va LPDDR4X-4266 MGs xotirasi o‘rnatilgan.

Mi Notebook Pro X butunlay metall korpusga ega bo‘lgan, displey sifatida OLED paneldan foydalanilgan.

@SoniQancha
1.3K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-13 16:05:10
Oyiga 2.000.000 so’m maosh uchun ishlayapsizmi?

Nima deysiz shu pulni 1 kunda topishga?

Albatta bunde narsa ertaklarda bo’ladi deyishiz mumkin. Ammo bu rost! Azamat o’z kanalida yuz mingdan ziyod odamga buni yo’llarini o’rgatmoqda.

Agar sizda tajriba bo’lmasa ham hammasini shaxsan sizga o’zi o’rgatadi. Bugun kanalga qabul qilmoqda hammani. Siz ham shularni orasida borsiz, ssilka orqali kanalga o’ting
https://t.me/joinchat/YjM2886VRog2N2Yy
929 views13:05
Ochish/sharhlash
2021-09-13 16:00:11
Nokia C01 Plus: minimalistlar uchun eng hamyonbop smartfon narxi qancha?

HMD Global kompaniyasi C-seriyasiga kiruvchi Nokia C01 Plus smartfonini taqdim etdi.

Yangi 4G-smartfon kundalik vazifalar, ishlar va ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynashda qo‘l keladi. Nokia C01 Plus’ning ekrani o‘lchami 5,45 dyuym bo‘lib, HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat. Ishlab chiqaruvchining va’da qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanish orqali ikki kun ishlay oladi.

Smartfon ichida sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. Operatsion tizim sifatida Android 11 (Go versiya) dan foydalanilgan — Android Go uchun dasturlarning maxsus “yengillashtirilgan” versiyalari chiqariladi, bu esa xotiradan kam joy egallaydi.

Qurilmaning 1/16 gigabaytli versiyasini $89 ga xarid qilish mumkin.

@SoniQancha
1.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-09-13 13:59:01
Eng arzon tugmali telefonlarning narxi qancha?

Nokia brendi ostida 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan eng arzon telefonlar taqdim etildi. Ixcham Nokia 105 4G modeliga 1,8 dyuymli QQVGA (120x160 piksel) ekran va sig‘imi 1020 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan. Shuningdek, fonar va FM-radio ham mavjud. Menyu va shriftlarni kattalashtirish, shuningdek, ekrandagi matnlar va foydalanuvchi harakatlarini ovoz chiqarib o‘qiydigan funksiyalari ham mavjud.

Ularning narxlari:
— Nokia 105 4G - $37;
— Nokia 110 4G - $41;

Ikkala yangi modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri — 4G VoLTE tarmoqlarida yuqori aniqlikda ovozni uzata olish imkoniyati.

@SoniQancha
1.8K views10:59
Ochish/sharhlash
2021-09-13 13:59:01
Olmoslar tarixidagi rekord: Botsvanada yirik qimmatbaho tosh topildi

Botsvanada 1098,3 qirotni tashkil etadigan (219,6 gm) olmos topildi. Bu hozirga qadar topilgan dunyoda kattaligi bo‘yicha 3 o‘rinda turuvchi qimmatbaho tosh hisoblanadi.

U Botsvana shimolidagi Dvaneng konidan mahalliy hukumat va olmos qazib oluvchi kompaniya tomonidan topilgan.

Ta’kidlanishicha, bunga qadar mamlakatda 1109 qirotli noyob olmos topilgan. Lesedi La Rona nomi berilgan olmos $53 millionga sotilgan edi.

Biroq jahon rekordi Kullinan olmosi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 3106 qirotga teng bo‘lgan. U 1905-yilda JARda topilgan. Hech qachon savdoga qo‘yilmagan olmosning narxi $2 milliardga teng. Kullinan Buyuk Britaniya qiroli Eduard VII ga sovg‘a qilingan va to‘qqizta yirik hamda 96 ta mayda brilliantlarga bo‘lingan. Ularning eng yirigi britan qirolligi tojidan o‘rin olgan.

@SoniQancha
1.7K views10:59
Ochish/sharhlash
2021-09-13 13:30:54
#Kuyov_bola

Yangi uylangan kuyov bolaga do'sti savol berdi:
- mana uylanib xam olding. Xayot qanday ketyapti?
- yaxshi xozircha.
- xotining gapiraverib zeriktirmayabdimi? Juda sergap qiz edi?
- to'ydan keyin 1 xaftagacha vobshe gapirmadi. Va nixoyat bir so'z aytdi.
- nima dedi ?
...
1.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-09-13 13:00:13
Astronavt kiyimining narxi qancha?

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, skafandr 16 qavatgacha bo‘lishi mumkin. Ularning har biri, avvalo, xalqaro stansiyada sinovdan o‘tadi. Skafandr sovutish tizimiga egami, astronavt isib ketishiga sabab bo‘lmaydimi, tana bo‘ylab kislorod tarqatish va karbonat angidrid gazini haydab chiqarish funksiyalarini bajaradimi, bularning hammasi muhim.

Skafandrning eng muhim qismi bu qo‘lqoplar hisoblanadi. Fazoda astronavtning barmoqlari isib ketishi mumkin, shuning uchun qo‘lqoplarga sotuvish tizimi o‘rnatiladi. Ular og‘ir bo‘lmasligi ham shart, sababi fazoda chaqqon harakat qilish talab qilinadi.

Artemis dasturi doirasida NASA 1-marta Oyga yuboradigan ayol va qora tanli odam eng so‘nggi ishlanayotgan xEMU skafanrdini kiyadi. Oxirgi 4 yilda xEMU skafandrini ishlashga $300 mln pul ishlatilgan.

@SoniQancha
2.0K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-09-13 10:00:12
O'zbekistondagi eng qimmat ekstrasensning narxi qancha?

O
'zbekistonda eng qimmat ekstrasens hizmatlaridan biri andijonda ko'rsatilgan bo'lib, uning narxi mijozga $100 mingga tushgan.

Andijonda 40 yoshli ayol internetda o‘zini Diana deb tanishtirgan ayol bilan tanishib qolgan. U ekstrasens bo‘lib ishlashini va ayolga uning uyidagi muammolarni hal etishga yordam berishiga ishontirgan.

Ayolning muammolari yetarli bo‘lgan. U Dianada ularni hal etishda yordam so‘ragan. Uning ishonchiga osonlikcha kirib olgan Diana turli jodular, karta va qahva qoldig‘ida fol ochishlar bilan unga “yordam bera boshlagan”.

2020-yilning dekabridan 2021-yilning mayiga qadar esktrasens andijonlik ayolning 300 million so‘mlik qimmatbaho buyumlari, $83 ming va 6 million so‘mini qo‘lga kiritgan.

@SoniQancha
2.2K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-09-13 09:40:10
11 daqiqada haydovchi qariyb $8 ming jarima to'ladi

Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli fuqaro tunda o‘zining Subaru BRZ avtomobilida sayrga chiqishga qaror qilgan. U 11 daqiqalik harakat davomida $7750 miqdorida jarimaga tortilishini xayoliga ham keltirmagan.

Narxi $27 ming turadigan Subaru BRZ sport avtomobilini mingan erkak trassaga chiqishi bilan uning sportkari uzra avtomobil tezligini teplovizion kamera yordamida kuzatuvchi politsiya vertolyoti paydo bo‘lgan. Haydovchi belgilangan tezlik me’yorini oshirganini ko‘rgan politsiyachilar yerdagi patrulga qoidabuzar haqida ma’lumot bergan.

@SoniQancha
2.1K views06:40
Ochish/sharhlash