Get Mystery Box with random crypto!

Olmoslar tarixidagi rekord: Botsvanada yirik qimmatbaho tosh t | Soni Qancha?

Olmoslar tarixidagi rekord: Botsvanada yirik qimmatbaho tosh topildi

Botsvanada 1098,3 qirotni tashkil etadigan (219,6 gm) olmos topildi. Bu hozirga qadar topilgan dunyoda kattaligi bo‘yicha 3 o‘rinda turuvchi qimmatbaho tosh hisoblanadi.

U Botsvana shimolidagi Dvaneng konidan mahalliy hukumat va olmos qazib oluvchi kompaniya tomonidan topilgan.

Ta’kidlanishicha, bunga qadar mamlakatda 1109 qirotli noyob olmos topilgan. Lesedi La Rona nomi berilgan olmos $53 millionga sotilgan edi.

Biroq jahon rekordi Kullinan olmosi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 3106 qirotga teng bo‘lgan. U 1905-yilda JARda topilgan. Hech qachon savdoga qo‘yilmagan olmosning narxi $2 milliardga teng. Kullinan Buyuk Britaniya qiroli Eduard VII ga sovg‘a qilingan va to‘qqizta yirik hamda 96 ta mayda brilliantlarga bo‘lingan. Ularning eng yirigi britan qirolligi tojidan o‘rin olgan.

@SoniQancha