Get Mystery Box with random crypto!

Nokia C01 Plus: minimalistlar uchun eng hamyonbop smartfon nar | Soni Qancha?

Nokia C01 Plus: minimalistlar uchun eng hamyonbop smartfon narxi qancha?

HMD Global kompaniyasi C-seriyasiga kiruvchi Nokia C01 Plus smartfonini taqdim etdi.

Yangi 4G-smartfon kundalik vazifalar, ishlar va ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynashda qo‘l keladi. Nokia C01 Plus’ning ekrani o‘lchami 5,45 dyuym bo‘lib, HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat. Ishlab chiqaruvchining va’da qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanish orqali ikki kun ishlay oladi.

Smartfon ichida sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. Operatsion tizim sifatida Android 11 (Go versiya) dan foydalanilgan — Android Go uchun dasturlarning maxsus “yengillashtirilgan” versiyalari chiqariladi, bu esa xotiradan kam joy egallaydi.

Qurilmaning 1/16 gigabaytli versiyasini $89 ga xarid qilish mumkin.

@SoniQancha