Get Mystery Box with random crypto!

Astronavt kiyimining narxi qancha? NASA ma’lumotlariga ko‘ra, | Soni Qancha?

Astronavt kiyimining narxi qancha?

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, skafandr 16 qavatgacha bo‘lishi mumkin. Ularning har biri, avvalo, xalqaro stansiyada sinovdan o‘tadi. Skafandr sovutish tizimiga egami, astronavt isib ketishiga sabab bo‘lmaydimi, tana bo‘ylab kislorod tarqatish va karbonat angidrid gazini haydab chiqarish funksiyalarini bajaradimi, bularning hammasi muhim.

Skafandrning eng muhim qismi bu qo‘lqoplar hisoblanadi. Fazoda astronavtning barmoqlari isib ketishi mumkin, shuning uchun qo‘lqoplarga sotuvish tizimi o‘rnatiladi. Ular og‘ir bo‘lmasligi ham shart, sababi fazoda chaqqon harakat qilish talab qilinadi.

Artemis dasturi doirasida NASA 1-marta Oyga yuboradigan ayol va qora tanli odam eng so‘nggi ishlanayotgan xEMU skafanrdini kiyadi. Oxirgi 4 yilda xEMU skafandrini ishlashga $300 mln pul ishlatilgan.

@SoniQancha