Get Mystery Box with random crypto!

11 daqiqada haydovchi qariyb $8 ming jarima to'ladi Avstraliy | Soni Qancha?

11 daqiqada haydovchi qariyb $8 ming jarima to'ladi

Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli fuqaro tunda o‘zining Subaru BRZ avtomobilida sayrga chiqishga qaror qilgan. U 11 daqiqalik harakat davomida $7750 miqdorida jarimaga tortilishini xayoliga ham keltirmagan.

Narxi $27 ming turadigan Subaru BRZ sport avtomobilini mingan erkak trassaga chiqishi bilan uning sportkari uzra avtomobil tezligini teplovizion kamera yordamida kuzatuvchi politsiya vertolyoti paydo bo‘lgan. Haydovchi belgilangan tezlik me’yorini oshirganini ko‘rgan politsiyachilar yerdagi patrulga qoidabuzar haqida ma’lumot bergan.

@SoniQancha