Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2021-08-25 16:30:23
YouTube bloggerlar soliq to'laydimi?

Google 2021-yil iyundan boshlab YouTube'da ishlaydigan bloggerlarning daromadlaridan soliqlarni ushlab qolmoqchi.

Soliq 0% dan 30% gacha bo'lishi mumkin. Bloggerlar soliq ma'lumotlarini AdSense (Google reklama agentligi) ga may oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak. Aks holda Google 24% daromad solig’ini ushlab qoladi.

Ya’ni, agar bloger oyiga $1000 topayotgan bo’lsayu soliq ma’lumotini AdSense’ga yubormagan bo’lsa Google undan $240 soliq ushlab qoladi.

Taxminlarga qaraganda o’zbek blogerlari soliqqa tortilmaydi, lekn bu hali rasmiy tasdiqlanmadi.

@SoniQancha
1.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 16:01:02
Mostbet Penalti!
Videoni ko'rgan bo'lsangiz, o'zingiz guvohi bo'ldingiz, 10 soniyada 768$ dollar pul ishlandi. Bu o'yinda hatto birinchi marta o’ynab turibham yutasiz
O'ziz xohlagan joyga darvozabonni aldagan holda gol uring va koeffitsiyentni oshirib 30 barobargacha pulingizni ko'paytirib oling.
Buning uchun havolaga o’ting yoki mobil ilovani yuklab olib ro’yxatdan o’ting va birinchi deposit kiritib bonus egasiga aylaning va Penalti o’yinidan pul ishlashni boshlang.
Mostbet Penalti
Yuklab Olish
Bonus Olish
Mostbet BK aksiyalari haqida birinchilardan bo'lib bilish uchun MostbetUZ kanaliga obuna bo'ling: @MostbetUZ
1.1K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-08-25 16:00:17
Rossiyada vafot etgan yurtdoshlarimizni O'zbekistonga olib kelish qanchaga tushadi?

Ro'zg'or va yaxshi yashash niyatida chet elga ketishgan yurtdoshlarimizning orasida vafot etayotganlariyam uchrab turmoqda. O'zi ro'zg'ordan qiynalgan oilasi esa yonidan sarf qilib mayitni olib kelishi kerak.

Bugungi kunda Rossiyada ushbu yo'nalishda maxsus kompaniyalar mavjud.

"Gruz 200"ni O'zbekistonga havo transporti orqali yetkazib berish o’rtacha $2200 atrofida va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— galvanizli tobut;
— Moskva morgidan aeroportga transport, sertifikat;
— O’zbekistonga samolyotda yetkazish.

Afsuski, 2020-yilda xorijiy davlatlarda vafot etgan 1629 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi yurtimizga olib kelingan.

@SoniQancha
1.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 15:30:21
Kosmos stansiyasiga yuk yetkazib berish narxlari oshdi

Kommersant nashrining xabariga ko'ra, Amerikaning mashxur NASA kosmik agentligi 25-fevraldan boshlab Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tijorat yuklarini yetkazib berish narxini yetti barobarga oshirgan.

Bunga ko'ra, bir kilogramm yukni yetkazib berish $3 ming dan $20 ming ga, Yerga qaytarish $6 ming dan $40 ming ga oshirildi. Endi tijoriy tajribalar bilan shug‘ullanuvchi kosmonavt bir soat davomida XKS'da bo‘lishi uchun $17,5 ming emas, balki $130 ming to‘lashi kerak.

@SoniQancha
1.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 15:30:21
Dunyoda ishsizlar soni qancha va ular qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

Pandemiya sabab dunyo bo'yicha 1,6 mlrd ishchi daromadsiz qolish xavfi ostida.

Ularga mamlakatlar quyidagicha yordam ko’rsatgan:
— AQSh:
Ishsizlar soni 50 mln kishidan ortgan va mamlakat bir necha bora ($1200, $1400) aholiga pul tarqatdi;
— Yaponiya:
Ishsizlar soni 1,76 mln kishi atrofida va daromadini yo’qotgan oilalarga 2020-yil fevral-iyun oylarida $2760 dan tarqatdi;
— Rossiya:
Ishsizlar soni 4,3 mln kishi atrofida va ularga oyiga $62 dan $166 gacha ishsizlik nafaqalari belgilandi.
— O’zbekiston:
Ishsizlar soni 4,5 mln kishi va “Temir daftar” ga kirgan oilalarning har bir a’zosiga 220 ming so’mdan tarqatdi.

@SoniQancha
1.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 15:00:24
Ismim Sabina! 2 yillik pul ishlash strategiyalarimni siz bilan ulashmoqchiman

3-4 oy ichida o'z mashinangiz bo'lishini xohlaysizmi?
Yoki orzuingizdagi narsaga pul yetmayaptimi?

Ishga borishdan charchadingizmi?
Internet orqali pul ishlamoqchimisiz?
Orzuingizdagi mashinani sotib olishnichi?

Unday bo'lsa mani kanalimga qo'shiling, sizga bepulga pul ishlash sirlarini o'rgataman:
https://t.me/joinchat/EYVdw9Mc01NkYTRi
1.0K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 14:59:01
$500 millionga tushgan bank xatosi.

— Citibank deb ataladigan jahon banki 2020-yilning yozida foydalanuvchilarga adashib $900 million summani o'tkazib yuborgani ma'lum bo'lgan edi.

2021-yilni fevralida to'xtatilgan sud ishi pulni to'lig'icha qaytarib olishga yordam bermadi. Bunga sabab "Citibank pulni qaytarishga haqqi yo'q" mazmunidagi sud qarori bo'ldi.

— Insofli odamlar bankka $400 millionni qaytarishdi, ammo, qolgan $500 milliondan darak yo'q.

@SoniQancha
1.4K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-08-25 14:59:01
O'zbekistonda kambag'allar soni qancha?

Esingizda bo’lsa pandemiya vaqtida O’zbekistonda YaIM o’sishi kuzatilgani haqida xabar bergandik, lekin, pandemiya vaqtida yurtimizda kambag‘allar soni ya’ni kunlik daromadi $3,32 dan pastlar soni 0,45–0,88 millionga ko‘payib 8,7–10 foizga yetgan. Bu esa O’zbekistonda jami aholi orasida 2,95-3,5 mln kambag’allar bor degani.

Shuningdek, mamlakat aholisining aksariyati ayni paytda kambag‘allik chegarasiga yaqin darajada kun kechirayotgan bo‘lib, chegaradan tushib ketishining ehtimoli yuqori. Jahon banki mazkur aholining yarmidan ko‘prog‘i jamg‘armalarga ega emasligini, 40 foizi esa hozirgi kunda 100 ming so‘m (9,8 dollar) miqdordagi kutilmagan xarajatlarni ko‘tara olmasligini ma'lum qilgan.

Siz kutilmagan xarajatlarni ko‘tara olasizmi? Kunlik daromadingiz qancha?

@SoniQancha
1.5K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-08-25 14:30:14
1997da Xitoyda konda halokat yuz bergan. 17 yil o'tgach, konchilardan biri tirik holda qutqarib olingan.

Uni qanday qilib 17 yil tirik yashaganini bilasizmi

U 17 yil nimani iste'mol qilgan

(DAVOMI)
1.6K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-08-25 14:29:01
Biznes g’oya: Quritilgan mevadan ajoyib yangi kichik biznes ochish

Ushbu soha sevimli mevangizni xohlagan vaqtingizda topish imkonini beradi va eng muhimi sog’liq uchun foydali hisoblanadigan mahsulot ishlab chiqarasiz. Ichki bozor va eksportda ham savdosi juda yaxshi.

Dastlabki xarajatlar:
• korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $150;
• uskunalar (mini) – $140-200;
• kutilmagan xarajatlar – $50;
• reklama – $100;

Oylik xarajatlar:
• xodimlar uchun ish haqi – $200;
• konual to’lovlar – $20

1 kg mevadan 170 gr quritiligan meva olish mumkin. Kuniga 10 kg tayyor quritilgan meva olish uchun siz o’rtacha $0,4 dan 60 kg tabiiy meva sarflaysiz bu $24 degani. Meva turiga qarab 1 kg tayyor mahsulot o’rtacha $5/kg va kuniga $50 bo’ladi. Shundan sof foyda:

• kuniga $26
• oyiga $624

Oylik xarajatlarni chiqarib tashlasak oyiga $404 sof daromad olsak bo’larkan. Shuningdek, mevalarni mavsumda bir marta yil uchun saqlab qo’ysangiz sarf kamayib daromad oshadi.

@SoniQancha
1.7K views11:29
Ochish/sharhlash