Get Mystery Box with random crypto!

Pandemiyadan keyingi turizm: O‘zbekiston nimalarga e'tibor qar | Soni Qancha?

Pandemiyadan keyingi turizm: O‘zbekiston nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Turizm COVID-19 pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad turli yillarda quyidagicha bo’lgan:
- 2017 yilda $547 mln;
- 2018 yilda $1,04 mlrd;
- 2019 yilda $1,3 mlrd;
- 2020 yilda $261 mln.

2021 yilda daromad $370 mln bo‘lishi kutilyapti.

Mamlakatga tashrif buyurgan turistlar fikriga ko‘ra, O‘zbekistonga sayohat qilishdagi eng katta noqulaylik ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq. Mamlakatga kirish va chiqish uchun, hatto mehmonxonada joylashish va tark etish jarayonida ham alohida blanka to‘ldiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda valyutani xususiy ayirboshlash shohobchalari mavjud emas va uni faqat banklarda va ixtisoslashgan ayirboshlash xizmatlarida almashtirish mumkinligi keltirib o‘tilgan.

@SoniQancha