Get Mystery Box with random crypto!

Butun boshli avtomobillik kompaniyasi uchun $675 ming 'Loopne | Soni Qancha?

Butun boshli avtomobillik kompaniyasi uchun $675 ming

"Loopnet.com" saytida AQSh'ning Falcon Motorsport superkarlar ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashgan kompaniyasi sotuvga qo'yildi. Kompaniya $675 ming savdo qiymati uchun, mualliflik huquqlarini, ixtirolari va hatto bir dona yig'ilgan Falcon F7 superkarini topshirmoqda.

Kompaniyaga 2009-yilda muhandis va avtodizayner Jeff Lemke tomonidan Michigan shtatida asos solingan bo'lib asosan Ferrari uchun raqobatlasha oladigan milliy superkarlarni yaratish maqsadida ochilgan.

Shu paytgacha Falcon kompaniyasi narxlari $250 ming dan bo'lgan 7 ta mashina chiqargan. Shunday bo'lsa ham kompaniyaning butun boshli savdosi uchun belgilangan qiymat arzimas hisoblanadi.

@SoniQancha