2024-yil iqtisodiy jihatdan soʻnggi 30 yillikdagi eng yomonlar | Narxi Qancha? ⚡️
2024-yil iqtisodiy jihatdan soʻnggi 30 yillikdagi eng yomonlaridan boʻladi
Jahon banki hisobotiga koʻra, 2024-yil iqtisodiyotda salbiy rekord oʻrnatishi mumkin: 2021—2025-yillardagi YAIM oʻsishi soʻnggi 30 yillik davrdagi eng past darajaga tushishi kutilmoqda.
Davlatlar oʻrtasida kuchayib borayotgan keskinlik sabab iqtisodiyot yangi tahdidlar ostida qolgan. Shu sababli jahon iqtisodiyotining oʻsish surʼati ketma-ket uchinchi yil pasayadi, 2024-yilda — 2,4 foiz. BMT maʼlumotlariga koʻra, global inflyatsiya 2 foizga tushadi.