Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda 1 sotix yer narxi qancha? Markaziy bank 2023-yil | Narxi Qancha? ⚡️

Toshkentda 1 sotix yer narxi qancha?

Markaziy bank 2023-yil uchun ko‘chmas mulk hisobotini e’lon qildi. Yil davomida O‘zbekistonda 335 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2023 yilda eski uylar narxi (ikkilamchi bozor) 35,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi uylar (birlamchi bozor) 39,6 foizga qimmatlagan.

Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022-yilda 933 dollar).

Poytaxtda 1 sotix yerning narxi 2022-yilgi 263 mln so‘mdan 362 mln so‘mga oshgan.

2022-yilda sotib olingan uylarning ijara orqali o‘zini qoplash muddati 7,1 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda bu 8,2 yilga yetgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda fuqarolik obektlarini qurish sohasida 5 ming 259 ta tashkilot, ixtisoslashtirilgan qurilish bo‘yicha 14 ming 408 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga doir:

- Dunyo bo'ylab 2 xonali uylar narxi qancha?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!