Get Mystery Box with random crypto!

Singapurda shaxsiy avtomobilga egalik qilish narxi qancha? Si | Narxi Qancha? ⚡️

Singapurda shaxsiy avtomobilga egalik qilish narxi qancha?

Singapurda haydovchilar shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishni xohlasa, sertifikat uchun 106 ming AQSh dollarigacha to‘lashi kerak bo‘ladi. Mamlakatda tirbandliklarga qarshi kurash uchun 1990-yilda avtomobilga egalik qilish sertifikati (Certificate of Entitlement yoki COE) berish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Qizig‘i, avtomobil xarid qilishdan avval haydovchi sertifikatni sotib olishi kerak. Sertifikat 10 yil amal qiladi. Singapur avtomobilga egalik qilish sertifikatining narxi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakat hisoblanadi. 2020-yilga nisbatan katta hajmli avtomobillar uchun sertifikat narxi 4 baravarga oshib, 106 376 AQSh dollariga yetdi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!