Get Mystery Box with random crypto!

TBC Bank uchun 2023-yil qancha foyda ko'rdi? 2023-yil O‘zbeki | Narxi Qancha? ⚡️

TBC Bank uchun 2023-yil qancha foyda ko'rdi?

2023-yil O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank — TBC Bank uchun muhim bo‘ldi. Yil yakunlariga ko‘ra, TBC Bank'ning sof foydasi 5,4 mln dollarni tashkil qildi va uch yil ichida birinchi marta foydaga chiqildi.

Bank tashkil topganidan boshlab uch yil ichida foydaga chiqa olishi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoda ham kam uchraydi. Kam sonli banklar bunday qisqa vaqt ichida zararni foydaga aylantira olgan.

Yil davomida TBC Bank'ning kredit portfeli 2,3 barobar oshib, 3,7 trln so‘mga yetdi. O‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha bank O‘zbekistonda yetakchi bo‘ldi.

Bankdagi omonatlar qoldig‘i esa o‘tgan yili 1,9 barobar ko‘payib, 2,7 trln so‘m bo‘ldi. Bu yerda ham o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha bank mamlakatda birinchilardan bo‘ldi.

TBC Bank kredit va omonatlar ajratishda O‘zbekistondagi eng tez o‘sayotgan bank maqomiga asosan aholi bilan ishlash orqali erishdi. Bu esa uni yanada jozibador qiladi.

Yuqori o‘sish va rivojlanish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bank 2023-yilda aksiyadorlardan 50,5 mln dollarlik rekord darajada kapital jalb qildi.

Umuman olganda, TBC Group'ning foydalanuvchilari soni 2023-yilda keskin o‘sib 15,7 mln nafarga yetdi. Payme to‘liq sotib olingach, ilovada oylik faol foydalanuvchilar 3,4 mln nafargacha o‘sdi (doimiy ro‘yxatdan o‘tganlar — 11,6 mln kishi). TBC Bank'da esa bu ko‘rsatkich 1 mln nafarga yaqinlashdi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!