Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda katta sarmoyalar kiritilishiga qaramay, gaz qazi | Narxi Qancha? ⚡️

O‘zbekistonda katta sarmoyalar kiritilishiga qaramay, gaz qazib olish hajmi qisqarib, import ulushi o‘smoqda

Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish hajmi sezilarli qisqarayotgani sabab import ulushi tez o‘sib bormoqda.

2020-yilda $50,4 mlnlik gaz import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda bu 695 mlnga yetgan.

O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmi yildan yilga qisqarishda davom etmoqda. 2023-yilda so‘ngi yetti yil ichidagi eng kam — 46,7 mlrd metr kub gaz qazib olindi. Bu 2017-yildagi ko‘rsatkichdan (56,4 mlrd metr kub) 9,7 mlrd metr kub kam degani.

2017-2023 yillarda ko‘proq gaz qazib olish yo‘lidagi sarmoyalar qiymati $3 mlrdni tashkil etgan.

Bu yil Mo‘ynoq, Qorako‘l, G‘uzor, Mirishkor va Muborak tumanlarida $321 mln evaziga gaz quduqlarini burg‘ilash va jihozlash ishlari olib boriladi. Mazkur konlarda kompressor stansiyalarini qurishga $200 mln ajratiladi. Geologiya-qidiruv ishlari uchun $79,6 mln yo‘naltiriladi.

IMPORT
O‘zbekiston xorijdan 2020-yilda $50,4 mlnlik, 2021-yilda $154,5 mlnlik, 2022-yilda $281,9 mlnlik gaz import qilgan. 2023-yilda esa gaz importi hajmi qolgan yillarga qaraganda sezilarli darajada oshib, $694,9 mlnga yetgan.

Joriy yilda gaz importi hajmi rekord darajada o‘sishi mumkin. Chunki respublika yanvar–fevral oylarida $166,7 mlnlik gaz import qildi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!