Get Mystery Box with random crypto!

50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikat ro'yxati | Milliy sertifikat | DTM

50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikat ro'yxati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorda o‘tgan o‘quv yilidagi Sertifikatlar ro‘yxatiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, ro‘yxatga yangidan qo‘shilgan yoki ustama to‘lash ballari o‘zgartirilgan sertifikatlar:

GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali o‘zgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan o‘zgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlang‘ich ta’lim (Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));

Teaching English as a Foreign Language (TEFL);

Teaching English as a Second Language (TESL);

SAT subject score (yangidan qo‘shilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);

A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan).

https://t.me/MilliySertifikat