Get Mystery Box with random crypto!

Hammani 'zaharlagan' Hamster Combat. Undan pul topish mumkinmi | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Hammani "zaharlagan" Hamster Combat. Undan pul topish mumkinmi?

So‘nggi vaqtda eng aktual mavzularidan biri bo‘lgan o‘yin — Hamster Combat va undan pul ishlash haqida gaplashamiz. O‘yin oddiy mexanizmga asoslangan bo‘lib: o‘yinchilar virtual tangalarni olish uchun hamsterni qayta-qayta bosishi kerak bo‘ladi. O‘yin syujetiga ko‘ra, hamster kripto birjasining menejeri bo‘lib, boyib ketishga intiladi.

Foydalanuvchilar qancha ko‘p tanga yig‘sa, hamsterning imkoniyati va darajalari oshib boradi. Minglab insonlarni o‘ziga tortgan jihat esa keyinchalik o‘yin pullarini haqiqiy pulga almashtirish imkoni hisoblanadi. Biroq tangalarning qachon kriptovalyuta ko‘rinishiga o‘tishi noma’lum.

Aslida, bunday o‘yinlarga ishonsa bo‘ladimi? Ushbu o‘yindan pul topish mumkinmi? Biz aynan shu mavzularda IT mutaxassis Alisher Tojiyev bilan suhbatlashdik.

Batafsil -