Get Mystery Box with random crypto!

#migrantlar #Rossiya Imtihonni kutgan migrantlar tunni ko‘c | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#migrantlar #Rossiya
Imtihonni kutgan migrantlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda

Voronejda o‘nlab muhojirlar tunni mahalliy davlat universiteti devorlari yonida o‘tkazmoqda. “Vesti Voronej” telekompaniyasining xabar berishicha, migrantlar rus tili va tarixi bo‘yicha test topshirish navbatini o‘tkazib yubormaslik uchun shunday qilishga majbur bo‘lishmoqda.

Xususiy tashkilotlarga chet elliklarni imtihon qilish taqiqlanganidan keyin Voronej universiteti yagona test markazi bo‘lib qoldi. Imtihon natijalarisiz patent yoki ishlashga ruxsat olish mumkin emas.

Imtihon topshirishni kutayotgan erkaklardan birining aytishicha, odamlar o‘quv yurti binosi tashqarisida bir necha kunlab yashashmoqda. “Ular shu yerda uxlashadi, shu yerda ovqatlanishadi”, - deya aniqlik kiritgan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonga ro‘yxatdan o‘tish haftada faqat uch kun amalga oshiriladi. Agar patent belgilangan muddatda berilmasa, chet elliklar jarimaga tortiladi. Test sinovlarini o‘tkazayotgan universitet navbatlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermagan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz