Get Mystery Box with random crypto!

#reyd #migrant #Rossiya Kotelnikida masjidda yana reyddan s | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#reyd #migrant #Rossiya
Kotelnikida masjidda yana reyddan so‘ng migrantlar “voyenkomat”ga olib ketildi

Barcha erkaklar, yoshidan qat’i nazar, binodan tashqariga chiqarildi. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar 5 ta avtobusda Oktyabr prospektidagi “voyenkomat”ga olib ketilgan.

“Ular Rossiya pasportiga ega bo‘lgan va harbiy ro‘yxatga olinmagan barcha muhojirlarni, Moskvadan chaqiriluvchilarni va boshqa viloyatlardan kelganlarni olib ketishdi. Harbiy yoshdagi erkaklar uchun shaxsiy ish ochildi, ular bir soat ichida “tibbiy ko‘rik”dan o‘tkazilib, yig‘ish punktiga yuborildi. Hatto boshqa shaharning harbiy komissiyasida ro‘yxatdan o‘tganlar ham olib ketildi”, - deyishdi guvohlar.

Harbiy tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tadbirlar davomida 278 nafar shaxs, shu jumladan, Rossiya fuqaroligini qabul qilib, harbiy ro‘yxatga olish va muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan bo‘yin tovlayotgan 48 nafar chet el fuqarolari tekshirilgan. Bunday shaxslar harbiy komissarlikka olib ketilib, ularning 25 nafari harbiy ro‘yxatga olingan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz