Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 72

2022-10-05 14:57:39 ​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin

"Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"
gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
984 viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2022-10-05 09:54:39
#diqqat_elon
2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.

Olimpiada ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:

ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;
suhbat - 50 ball.

Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
441 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-10-04 14:50:04 Talaba-yoshlarga qishda 2 haftalik ta'til beriladi!

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.1K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-10-04 10:42:41 ​​4-oktabr — Oʻzbek xalqining norasmiy motam kuni

1938-yil 4-oktabr. Bu — birinchi oʻzbek kinorejissyori, birinchi fotosuratchisi, birinchi oʻzbek yuristlari, birinchi jurnalistlarining boshi kundaga qoʻyilgan kun. Millatimizning buyuk adiblari, olimlari va oʻzbek xalqining bunyodkorlari otilgan kun bu. 1938-yilning ayni shu kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi 507 nafar oʻzbekistonlik siyosiy mahbus ustidan shafqatsiz hukm chiqargan.

Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat kabi oʻzbek munavvarlari otuv jazosiga hukm etilgan. Qatl 1938-yilning shu kunida hozirgi Yunusobod Oqtepasidagi qatlxonada ijro etilgan. Qodiriyni qiynaganlar, sotganlar, chaqqanlar, sudlaganlar ayni shu kunda qah-qah otgan. Millat tahqir etilgan, xalqning boshi qayrilgan kun bu! Oʻsha kuni otilganlar orasida oʻzbek tili va sanʼatini axtalashga qarshi chiqqan Rahim Inogʻomov, Usmonxon Eshonxoʻjayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Akbar Islomov, Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev kabi davlat arboblari ham bor edi.

Ilm dargʻalari: Poʻlat Soliyev, Gʻozi Olim Yunusov,
Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov
Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, Aʼzam Ayyub, Otajon Hoshimov
kabi insonlar shu kunda qatl qilingandi.

Garchi bugun hali rasman milliy motam kuni deb eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, oʻzligini anglagan har bir kishi uchun bu chinakam qaygʻu kunidir! Oʻzbek tili, madaniyati, davlatchiligi, ilm-fani uchun jonini tikkanlarni unutishga hech kimning haqqi yoʻq. Xalqning oʻz oydinlarini unutishga haqqi yoʻq! Siz doim xotiramizdasiz, jadidlar...

Maftuna Karimova

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
4.5K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-10-03 16:03:02 100 savolga 100 javob to‘plami

Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi
hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida tayyorlangan huquqiy ommabop adabiyotlardan birini e'tiboringizga havola qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.2K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:22:53 O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko’nikmalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko'ra, quyidagilar ma'lum bo'ldi:
bo'sh ish o'rinlarining 28% ida ijtimoiy ko'nikmalar, ya'ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etilishi ma’lum bo’ldi;
vakansiyalarning 18,3% ida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko’rsatilgan;
vakansiyalarning 15,2% ida shahsiy ko’nikmalar, ya'ni mas'uliyat, stressga chidamlilik, ijodkorlik, motivatsiya, yetakchilik fazilatlarini talab etilmoqda, shuningdek, kompyuter savodxonligi ham eng ko’p talab qilinuvchi ko’nikma ekanligi ma’lum bo’ldi (bo'sh ish o'rinlarining 12,5% ida so’ralgan)
bo‘sh ish o‘rinlarining 86% ida ish qidiruvchilardan kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lish talab qilingan;
bo‘sh ish o‘rinlarining 11,3% ida oliy ma’lumotli bo'lish so'ralgan.

Shuningdek, ekonometrik tahlil natijalariga ko'ra, quyidagilar aniqlandi:
moliyaviy, kompyuterga ixtisoslashgan, kognitiv, mijozga yo'naltirilgan, xodimlarni boshqarish, ijtimoiy ko'nikmalar, rus, o'zbek va ingliz tillarini bilish muhim ahamiyatga ega.
ijobiy mukofot quyidagi ko'nikmalarda namoyon bo'ladi: moliyaviy (34%), hisoblash (8,6%), kognitiv (20%), mijozlarga yo'naltirilgan (21%), xodimlarni boshqarish (33%) va ingliz tilini bilish (25%)

Siz o'zingizni qanday ko'nikmalarga egaman deb o'ylaysiz va sizni qaysi ustun jihatlaringiz uchun ishga olishlari kerak?

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.5K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash
2022-09-30 19:20:59
Bu insonning mehnatini hech qanday boylik bilan oʻlchab boʻlmaydi;
— U hattoki "tekin"ga ishlashga ham rozi;
— Bu zotning haqqiga jamiyki borliq salovat aytadi.
Bu buyuk zot – Ustozdir!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi jamoasi mehridaryo ustozlar va murabbiylarni kasb bayramlari bilan chin yurakdan muborakbod etadi!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.4K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:01:44
“Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining gʻoliblari bilan tanishing!

“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi
1) Yusupov Jaloliddin, O‘zMU
2) Pirnazarov Nurnazar, QDU
3) Uraeva Darmon, BuxDU

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi
1) Til nazariyasi kafedrasi, ToshDO'TAU
2) Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi, O‘zMU
3) O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi, TDIU

“Eng yaxshi tyutor nominatsiyasi bo‘yicha” nominatsiyasi
1) Sobirxonov Abdulbositxon, NamDU
2) Uzakova Zulayxo, ADU
3) Xidirov Boburjon, DTPI

“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi
1) Axmedova Umidaxon, ADU
2) Nishanbayeva Enaxon, O‘zMU
3) Ro‘ziyeva Dilobar, TDIU

“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi
1) Qo‘chqarov Shoxrux, JIDU
2) Hamidov Doston, O‘zDSMI
3) Umirova Dilshoda, O‘zDJTU

Barcha ishtirokchilarning natijalari

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:08:16
“Jadidlar” to’plamining Abdulla Qodiriy audio kitobini tinglang!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Jadidlar” toʻplamining navbatdagi soni aynan Abdulla Qodiriyga bag'ishlangan.

Abdulla Qodiriy ulkan iste'dod egasi, yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, o'zbek romanchiligining asoschisi hisoblanadi. Ijodkor asarlari kirib bormagan biror xonadon topilmasa kerak. Qodiriy zamonasiga sig‘may, vaqtdan ilgarilab ketgan, xalqning kelajagini ilmda deb bilgan inson bo'lgan.

Ushbu audio kitob premyerasi bugun 11:00 da YouTube sahifamizda bo'ladi. Marhamat tomosha qiling va, albatta, kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!

Audio kitob premyerasini ko'rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.5K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:43:39
#diqqat_elon
Yosh ijodkorlarni “HILOL” to‘plamining III sonida ishtirok etishga taklif etamiz!

Agarda siz nazm va nasrda hamda tasviriy san’at yoʻnalishida ijod qilsangiz yoki adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo'lsangiz o‘z ijod namunalaringizni va ilmiy ishlaringizni respublika miqyosidagi to‘plamda ommalashtirishingiz mumkin.

“Zulfiya” yoki “Mard o‘g‘lon” kabi davlat mukofotlari, atoqli va davlat stipendiyalari, “Yil talabasi”, “Ilhom” respublika tanlovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz “Hilol” to‘plami siz uchun eng yaxshi imkoniyat.

Toʻplamning navbatdagi III soniga nazm va nasrda ijod qilayotgan yoshlarimiz bilan bir qatorda adabiyotshunos hamda rassom yoshlarimizni ham ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Ijod namunalari 10-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun:
Anvarjon Dehqonov (+998999109151);
Dilfuza Eshonova (+998941797487)

Batafsil ma'lumotlar:
https://t.me/+wpNIIAOYhOA5ZWYy
9.0K viewsedited  03:43
Ochish/sharhlash