Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-01-16 09:32:06 Tyutorlar faoliyatini oʻrganish maqsadida ijtimoiy so'rovnoma

Ushbu so‘rovnoma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni ijobiy hal qilish, talaba-yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda Tyutorlar faoliyatini oʻrganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Sizdan befarq bo‘lmasdan quyidagi savollarga xolislik bilan javob berishingizni so‘raymiz.
Barcha javoblar anonim tarzda qabul qilinadi va shaxsingiz sir saqlanadi.
21.8K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2024-01-12 15:45:47
#yiltalabasi2023

“Yil talabasi – 2023” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 10-11-yanvar kunlari “Yil talabasi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi. Unda 50 nafar nomzodlar tegishli vazirlik va idora mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

“Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi:
1) Sitorabonu Hamroxoʻjayeva – TMI
2) Murotjonova Mubina – O‘zMU JF
2) Elbek Raximov – UrDU
3) Kozimbek Nosirbekov – O‘zJOKU
3) Lochin Turdiboyev – JizPI

Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi:
1) Dilshoda Musayeva – NamDU
2) Shoxrux Qoʻchqarov – JIDU
3) Nodirabegim Sotvoldiyeva – O‘zJXU

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1) Asadbek Urunov – TTPU
2) Ulug‘bek Abdukarimov – O‘zMU
3) Aygul Minbayeva – TDAU

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1) Abduxoliq Salimov – NDKTU
2) Mirziyod Murodov – BuxDU
3) Shohjaxon Abdulhamidov – FarDU

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1) Jasmina Axmadjonova – TDPU
2) Salamat Allambergenov – QorDU
3) Shaxnozaxon Xodjayeva – Yangi Asr

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1) Yorqinjon Hayitboyev – GulDU
2) Mushtariybegim Djuraqulova – MRDI
3) Anvarxon Mallaxodjayev – SamDTU

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1) Gulhayo Qushoqova – TTA TF
2) Dilnoza O‘rinova – FTTI
3) Gulsanam Sattorova – SHDPI

Shuningdek, final bosqichida o‘rin ololmagan barcha talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan muborakbod etamiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
22.1K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2024-01-12 13:40:54
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "ONA YURT QALQONI" mavzusida videorolik va rasmlar tanlovini e'lon qilamiz.

Yoshlarda vatanga bo’lgan muhabbat va qurolli kuchlarimizga  bo’lgan yuksak ishonchni uyg’otuvchi
videorolik hamda o'zingiz tomoningizdan chizilgan foto suratlarni 14-yanvar soat 12:00ga qadar @abdurahmon_ravshanovich manziliga yuboring!
Ma'lumot uchun: video lavhalar vaqti 2-3 daqiqa oraligʻida hamda o‘zingiz montaj qilib tayyorlagan boʻlishingiz talab qilinadi.

G'oliblar 15-yanvar kuni rahbariyat tomonidan maxsus esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
21.9K views10:40
Ochish/sharhlash
2024-01-06 15:00:49
#Hushyorlik_va_ogohlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

Hushyorlik va ogohlik davr talabi!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-01-03 13:30:35
“Jadid” gazetasi – birlashmoq davrining minbari

Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan 2024-yilning ilk kunida “Jadid” gazetasi chop etildi. Ushbu nashr Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.7K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2024-01-03 07:07:48 KUN TARIXI Bugun 3-yanvar haftaning chorshanba kuni.Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro ruhiy va jismoniy salomatlik kuni.

Jean Fuko tajriba oʻtkazib, Yerning aylanishini isbotladi (1851).

Vashingtonda Marvin Stoun kokteyl ichish uchun naychaga patent oldi (1888).

Alyaska AQShning 49-shtatiga aylandi (1959).

Apple kompaniyasining birinchi kompyuteri ishlab chiqildi (1977)

Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi (1992)

Qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Doʻsjon Nasirov tavallud topgan kun (1927).

Adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Normatov Umarali tavallud topgan kun (1931).

Aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov tavallud topgan kun (1938).

Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi Mariyash Bostanova tavallud topgan kun (1945).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.5K viewsedited  04:07
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:17:26
2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 2023-yil Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb nomlangan edi.
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.1K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2023-12-30 09:06:11


Markaz tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.2K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2023-12-29 16:39:38
Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifasi sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 29-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Talabalar orasida ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligiga ma'sul rektor maslahatchisi F.Abduvaliyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri R.Xoliqova, fakultet dekanalari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

TDTU Matbuot xizmati:

Telegram Instagram Facebook tdtu.uz YouTube
13.8K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-12-27 12:08:53
#Yoshlar_turizmi_haftaligi

2024-yil 1-10-yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etiladi


Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yoʻl va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalar beriladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul boʻladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
25.3K views09:08
Ochish/sharhlash