Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-18 10:04:29 #kun_tarixi
Bugun 18-aprel haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni.
Butunjahon radio havaskorlari kuni.
Xalqaro jonglyorlar kuni.


Yuqori Kanadada birinchi gazeta nashrlari chiqa boshladi (1793).
Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi (1846).
Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi. (Bombay-Tanna 36 km) (1853).
Londonda tabiat muzeyi ochildi (1881).
Daniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi (1902).
Misrda konstitutsiya e'lon qilindi (1923).
“Dinamo” sport jamiyati tashkil etildi (1923).
Moskvada muntazam avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi (1924).
Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi tuzildi (1925).
 Millatlar Ligasi hamma vakolatlarini BMTga berib, tarqalib ketdi (1946).
Dubayda suv ostida joylashgan do‘koni ish boshlagan kun (2013).

Memor, tadqiqotchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan binokor Bulatov Mitxat tavallud topgan kun (1907).
Tilshunos, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Bushuy Anatoliy tavallud topgan kun (1939).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.3K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2024-04-17 19:33:01
20.4K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-04-17 14:53:15


“Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlari boshlanmoqda!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda aprel oyining 20-30-aprel kunlari “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichi Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etiladi. Unda 104 ta oliy ta’lim muassasalarining saralangan jamoalari 20 ta guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashadilar. Har bir guruh g‘olibi turnirning respublika, final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Munozara” turnirida ishtirok etadigan jamoalar, bellashuv o‘tkaziladigan manzil va sana, turnirni olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, hududiy bosqich uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Hududiy bosqich reja-grafigi

Turnirni o‘tkazish yo‘riqnomasi

Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

Turnir g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln so‘m va 3-o‘rin 15 mln so‘m pul mukofoti, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
30.2K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2024-04-17 09:11:26
#Talabalar_bahori

“Talabalar bahori” an’anaviy festivali boshlanish arafasida

Bugun 17-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida "Talabalar bahori” an’anaviy festivali o‘tkaziladi.

Talaba-yoshlarning milliy qadriyat va an’analarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ulardagi vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tanlovlar, badiiy-musiqiy chiqishlar, sport musobaqalari va turli tashabbuslardan iborat bo‘lgan festival “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida tashkil qilinmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.0K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2024-04-17 07:19:03 #kun_tarixi
Bugun 17-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda roʻy bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon gemofiliya kuni.
Xalqaro hayku sheʼriyati kuni.

Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o'tdi (1790).
19 yoshli Nevil Frensis Fitsjerald Chemberlen snuker o‘yinini o‘ylab topdi (1875).
L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi (1877).
Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasi tashkil etildi (1924).
Injener Igor Sikorskiy birinchi vertolyot - amfibiyani ommaga ko'rsatdi (1941).
“Apollon-13” kosmik kemasi ekipaji Yerga sog‘-salomat qaytib keldi (1970).
Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi (1982).
Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya” (1992).

XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) tavallud topgan kun (1403).
Italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzuvchilaridan biri Jovanni Battista Ritsioli tavallud topgan kun (1598).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.9K viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2024-04-15 15:57:51
14.2K viewsedited  12:57
Ochish/sharhlash
2024-04-15 13:38:35
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi 3-mintaqaviy yarim final bosqichi 26-apreldan 7-maygacha bo‘lib o‘tadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi joriy yilning 26-aprel kunidan 7-may kuniga qadar tashkil etiladi.

Ushbu bosqichda hududiy bosqichlarda saralangan jami 24 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalar teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan ishtirok etadi. Har bir guruhda g‘olib deb topilgan jamoalar tanlovning hal qiluvchi, final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Mintaqaviy bosqich guruhlari va o‘tkazilish vaqtlari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.0K views10:38
Ochish/sharhlash
2024-04-15 10:05:12
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:36:54
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Talabalik bahori” festivali hamda “Sumalak sayli” tashkil etildi.

Milliy qadriyatlar ufurib turgan va haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashgan yoshlar bayramining eng yorqin lahzalarini ushbu videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.5K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:26:59
#XUSHXABAR
Namangan davlat universiteti talabasi A’loxon Abdullayevdan g‘alaba

Mamlakatimiz mezbonlik qilgan "IBA chempionlar oqshomi" doirasidagi dastlabki bahsda Namangan davlat universiteti talabasi A’loxon Abdullayev mo‘g‘ilistonlik Jargal Otgonjargalni 5- raundda nokautga uchratdi va faoliyatida navbatdagi g’alabani o‘z hisobiga yozdirib qo’ydi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.8K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash