Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-12-07 10:23:14 Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.1K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2023-12-07 09:28:30

Bugun 7-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni.
Eron – Talabalar kuni.
Tojikiston – Moliya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1678 – Lui Enpen Niagara sharsharasini topgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
1703 – Angliyada Buyuk bo'ron, Britaniya janubida qayd etilgan eng katta bo'ron. Shamol tezligi soatiga 120 milyaga yetdi, 10 000 ga yaqin odam halok bo'ldi va 100 ta kema cho'kib ketdi.
1944 – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konvensiya imzolandi.
1972 – "Apollon-17" kosmik kemasi The Blue Marble"ning tasvirini olishga erishdi.
1982 – Texasda birinchi marta inyeksiya yordamida o‘lim jazosi amalga oshirildi.
1984 – Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy”, “O‘zbekiston” va “Toshkent” bekatlari foydalanishga topshirildi.

#tavalludlar
903 – Abdurahmon as-So‘fiy (986) – fors astronomi va matematigi.
1863 – Pyetro Maskani (1945) – italyan bastakori.
1855 – Dibayev Abdubakr (1933) – turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 
1913 – Xalima Nosirova (2003) – o'zbek san'atining yirik namoyondasi, Opera xonandasi, Ozbekiston xalq artisti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.1K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-12-06 17:35:21
“Speakers' club” loyihasi o‘z faoliyatini boshladi!

Bugun Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan “Speakers club” loyihasining birinchi darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu dars davomida ishtirokchilarga loyiha maqsadi hamda faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek barcha ishtirokchilar mashg‘ulot dasturlari bilan tanishib olishdi.

Agar siz ham ingliz tilini o‘rganib yuqori natijalarga erishishni istasangiz, tezroq bizning jamoamizga qo‘shiling!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Speaker_students
Murojaat uchun: +998940774601

Manzil: Talabalar shaharchasi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.5K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2023-12-06 14:20:56
Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi”ning barcha chorak final ishtirokchilari aniqlandi!

Bugun yigitlar o‘rtasidagi eng kuchli 8 nafar ishtirokchi nomi aniq bo‘ldi. Ular bilan tanishing:

Murzayev Azizbek, TIFT talabasi
Jo‘rayev Dilshod, TIFT talabasi
Ro‘ziboyev Kamoliddin, TIFT talabasi
Toshniyozov Diyorbek, O‘zMU talabasi
Sobitaliyev Ulug‘bek, O‘zDJTSU talabasi
Kamoliddinov Begzod, TDTrU talabasi
Saidov Abdusomad, KIUT talabasi
Mirabdullayev Mirshavkat, TDIU talabasi

Bugun soat 17:00 da turnirning chorak final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a jarayonini @markazkubogi Telegram kanalida jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.9K viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2023-12-06 08:10:06
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi:

Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-12-06 07:31:21

Bugun 6-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Santa-Klausning tug‘ilgan kuni
Irlandiya – Milliy bedarak yo'qolganlar kuni.
Kanada – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi harakatlar va xotirlash milliy kuni.
Ukraina – Qurolli kuchlar kuni.
Ispaniya – Konstitutsiya kuni.

#muhim_voqealar
1865 – AQSHda qullik bekor qilindi.
1884 – Vashington monumenti qurib bitkazildi.
1945 – Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
2016 – Xakasiyada katta meteorit kelib tushdi.
2017 – AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olganini e'lon qildi.

#tavalludlar
1778 – Jozef Lui Gey-Lyussak (1850) – fransuz fizigi, kimyogar, borni kashf etgan, ixtirochi.
1823 – Fridrix Myuller – nemis va ingliz filologi, sharqshunos.
1910 – Tullio Krali – italiyalik futurist rassomi, aero rasmlarining asoschilaridan biri.
1940 – Xayrulla Sa'diyev – teatr va kino aktyori, O'zbekiston xalq artisti.
1942 – Peter Xandke – avstriyalik yozuvchi va dramaturg, Nobel mukofoti sohibi.
1968 – Sadir Japarov –- Qirgʻizistonlik siyosatchi, Qirgʻiziston Prezidenti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.4K views04:31
Ochish/sharhlash
2023-12-05 20:22:01 Diqqat, eslatma!

Ertaga markazimiz tomonidan tashkil etilayotgan “Speakers' club”ning kirish darsi bo‘lib o‘tadi. Bacha ingliz tilini o‘rganish istagidagi talaba-yoshlarni taklif qilamiz.

Batafsil ma’lumot

Klub haqidagi savollar yuzasidan @Speaker_students hamda @speakers_club1 profillariga murojaat qilishingiz mumkin.
18.6K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-12-05 18:09:03
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Konstitutsiya kuni“ munosabati bilan o‘tkazilayotgan stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ turniri ilk bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi shiddatli bahslardan so‘ng, yigitlar o‘rtasidagi musobaqada eng kuchli 32 ishtirokchi aniqlangan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida chorak final ishtirokchilari aniqlandi.

“Markaz kubogi“ turnirining chorak finaliga yo‘l olgan talaba-qizlar bilan tanishing:

Yo'ldosheva Madina, O‘zMU talabasi
Babanazarova Shohsanam, TDYU talabasi
Saidova Iroda, O‘zDJTU talabasi
Allaberdiyeva Durdona, O‘zMU talabasi
Alimjonova Ro‘zigul, O‘zMU talabasi
Yusupova Na’muna, O‘zMU talabasi
Turayeva Marjona, Puchon universiteti
Zafarjonova Zulayho, Renessans universiteti

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlar ertaga davom ettiriladi, qizlar o‘rtasidagi chorak final, yarim final va final bellashuvlari esa 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi!

Shunchaki tomoshabin sifatida kelishingiz ham muddat, juda qiziqarli bahslar guvohi bo‘lyabmiz, buyog‘iga faqat eng kuchlilar turnirni davom ettiradi.


Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
21.4K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-12-05 17:28:31 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumida o‘qish uchun vazifa sifatida berilgan Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari audio kitob formatini taqdim etamiz.

Kitobxonlarga qulaylik, Siz @kitobbazabot orqali ko‘plab o‘zingiz izlagan kitoblarning audio va elektron formatlarini topa olasiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.1K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash