Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-25 09:18:30
#milliy_qadriyatlar_sayli

“Milliy qadriyatlar sayli”ning 3-kunida xiyobon har kungidan-da gavjum!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boshchiligida Adiblar xiyobonida 3 kun davom etgan adabiyot va milliy qadriyatlar bayrami bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Uch kun ichida Toshkent shahridagi 100 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olgan ushbu tadbir bugun ham ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zining eng yuqori, avj pallasida davom etmoqda.

Xiyobonda oliy ta’lim muassasalari tomonidan Zakovat intellektual o‘yinlari, QvZ jamoalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda karaoke, Erkin mikrafon loyihalaridagi jonli ijrodagi chiqishlar saylga tashrif buyurganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat va adrenalin ulashmoqda.

Agar Toshkentda bo‘lib turib, hali ham “Milliy qadriyatlar sayli”ga tashrif buyurmagan bo‘lsangiz, hali sizda imkon bor.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.2K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash
2024-04-25 07:16:14 #kun_tarixi
Bugun 25-aprel haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni.
Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi. Bu kun Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan qizlar va yosh ayollarni raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi ishtirokini rag‘batlantirish muhimligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro delegatlar kuni.
Butunjahon pingvinlar kuni.

Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.

Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo ” romani birinchi nashri chop etildi (1719).
Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi (1783). 
Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi (1826).
Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi (1867).
AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi (1901).
Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi (2022).

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Hamid Gʻulom tavallud topgan kun (1919).
Badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Kamola Irnazarova tavallud topgan kun ((2002).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.2K views04:16
Ochish/sharhlash
2024-04-24 19:33:01 #milliy_qadriyatlar_sayli

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi 2-kunidan fotolavhalar

Fotolavhalarni ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.8K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-04-24 18:23:10
16.6K viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2024-04-24 07:17:34 #kun_tarixi
Bugun 24-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda roʻy bergan muhim voqealar bilan tanishing.


Oziq-ovqat chiqindilarini toʻxtatish kuni.
Oziq-ovqat chiqindilarini toʻxtatish kuni har yili aprel oyining oxirgi chorshanba kuni kuzatiladi. Bu oziq-ovqat chiqindilari muammosi toʻg'risida xabardorlikni oshirish va odamlarni oziq-ovqat chiqindilari miqdorini kamaytirish uchun qoʻllaridan kelganini qilishga undashga qaratilgan global harakatlar kuni.
Butunjahon laboratoriya hayvonlari kuni.
Xalqaro haykaltaroshlik kuni.
Xalqaro koʻp tomonlama va tinchlik uchun diplomatiya kuni.
Xalqaro shovqindan xabardorlik kuni.
Xalqaro yoʻlboshchi itlar kuni.


Kongress kutubxonasi ochildi((1800).
Gazlangan suv AQShda patentlandi (1833).
K.P.Fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi (1867).
II Jahon urushi: Buyuk Britaniya oʻz qo‘shinlarini Gretsiyadan olib chiqa boshladi (1941).
AQShda ilk bor jahonda sun’iy yoʻldosh orqali shaharlararo televideniye ko‘rsatuvlarini uzatish yoʻlga qoʻyildi (1962).
Xitoy birinchi sun’iy yoʻldoshini ishga tushirdi (1970).
Windows Server 2003 chiqarildi (2003).

O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov tavallud topgan kun (1926).
Grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Algimantas Chetkauskas tavallud topgan kun (1931).
Naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi Abdugʻani Karimov tavallud topgan kun (1954).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.2K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-04-22 10:54:39
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.

Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi va “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari tor doiradagi uchrashuvdan boshlandi, so‘ngra ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar. Tashrifning ilk kuni Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturi bilan yakunlandi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildilar.

Tashrifning 2-kunida davlatimiz rahbari bir qator rasmiy shaxslarni qabul qildi. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan birga O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosini tantanali ochib berdilar. So‘ngra, Dushanbeda tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Prezident Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.4K views07:54
Ochish/sharhlash
2024-04-22 07:22:50 #kun_tarixi
Bugun 22-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro Ona Yer kuni.
Angliyaning “ Siruis" yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi (1838).
AQSh Kongressi  qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi (1864).
Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi (1915).
Albert Hofmann LSD ning gallyutsinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi (1943).
Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi (1969).
Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o'tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi (1970).

Fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi Gaston Plante tavallud topgan kun (1834).
Oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi Avgust Vilgelm Eyxler tavallud topgan kun (1839).
Kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti Malik Qayumov  tavallud topgan kun (1912).
Aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Mamatxon Ubaydullayev tavallud topgan kun (1925).
O ʻzbekiston xalq shoirasi Oydin Hojieva tavallud topgan kun (1942).
Mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi Yormuhammad Muborakov tavallud topgan kun (1944).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.9K views04:22
Ochish/sharhlash
2024-04-20 19:14:07
#ichki_turizm #etnosport

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 18-20-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 500 ga yaqin talaba-yoshlar va 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilarni o'zida jamlagan "TATU yoshlari - kelajak bunyodkorlari Qarshi-2024" forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida:

Talaba-yoshlar о‘rtasida xalq o‘yinlarining unutilishi va yo‘qolib ketishining oldini olish hamda ota-bobolarimizdan meros xalq o‘yinlarini ommalashtirish maqsadida milliy sport turlari va o'zbek-xalq o'yinlari bo‘lmish  - arqon tortish, belbog‘li kurash, "Qarabtep", tosh ko‘tarish, besh tosh, chillaki hamda kamondan o'q uzish turlari bo'yicha bellashuvlar;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda Miroqi shaharchasida joylashgan Hisorak suv ombori hududi bo'ylab ekskursiyalar;

Amir Temur tomonidan qurdirilgan, Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik bo'lmish – Oqsaroy yodgorligiga bundan tashqari, Abu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi, Qarshi ko‘prigi, Hazrati Bashir maqbarasi, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Sulton Mirhaydar madrasasi va boshqa bir qator ziyoratgohlarga ekskursiyalar;

TATU va filiallarning talaba-yoshlari o'rtasida osh pishirish musobaqasi hamda sho'x-shodon musiqiy va ko'ngilochar tadbirlar;

Forumi doirasida tashkil etilgan Etnofest musobaqalari hamda TATU va filiallar o'rtasida bo'lib o'tgan osh pishirish musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimlari oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.7K views16:14
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:13:51
Hafta davomida professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tadbirlar dayjesti:

15-aprel 2024-yil kuni Nurota tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida yoshlar yetkachilari tomonidan Ekologiyaga oid bilimlar kuni “Eko zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Samarqand viloyati Pasdarmon tumani 4-sonli kasb-hunar maktabida 16-aprel kuni direktor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Toshkent temir yo‘l texnikumida valeybol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi.

15-aprel 2024-yil kuni Marg‘ilon pedagogika kollejida o‘quvchi-yoshlar orasida egallagan bilimlarini mustahkamlash va intellektual salohiyatni oshirish maqsadida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Toshkent temir yo‘llari texnikumi o‘quvchilar turar joyida 2024-yil 16-aprel kuni Zulfiyaxonim izdoshlari nomli mushoira kechasi o‘tkazildi.

17-aprel kuni Karmana tumani kasb-hunar maktabida 9-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

17-aprel kuni Pastdarmon tumani 4-sonli kasb-hunar maktabida rahbariyat tomonidan muntazam davomati past o‘quvchilarning yashash manzillarida mahalla va ota-onalar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.

5-fevral 2024-yil kuni Toshkent temir yo‘llari texnikumi jamoasi Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi, o‘z hurmatlarini izhor etishdi. Kecha so‘ngida shaxmat shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Pop pedagogika kolleji o‘quvchilari tumanda “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” musobaqasida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

17-aprel 2024-yil kuni Qo‘qon avtomobil va yo‘llari texnikumiga Qo‘qon shahar 11-sinf maktab bitiruvchi o‘quvchilari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashrif buyurdilar.

Qamashi tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Xoʻja ilg‘or ota” ziyoratgohi va Shahrisabz shahriga ekskursiya uyushtirildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.0K viewsedited  12:13
Ochish/sharhlash
2024-04-19 10:08:10
Vazir maslahatchisi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari bilan uchrashdi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jenisbek Piyazov 18-aprel kuni Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskanida markaz xodimlari bilan uchrashib, tizimdagi loyihalar, tanlovlar, tizimda olib borilayotgan ishlar va markaz faoliyati haqida suhbatlashdi. Bundan tashqari erkin suhbat ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir maslahatchisi tomonidan iste’dodli va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘z iste’dodlarini kashf qilish uchun imkon yaratadigan yangi loyiha tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Uchrashuvdan so‘ng markaz rahbari Ravshаnbek Xudayberganov bilan birga markazda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, media laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.9K views07:08
Ochish/sharhlash