Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 25-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan mu | Manaviyat.edu.uz

Bugun 25-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
MDH davlatlari va O‘zbekistonda so‘nggi qo‘ng’iroq kuni.
BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni.
Xalqaro plastikdan xoli kun.
 Rossiya – Filologlar kuni.

#voqealar
Odessada birinchi universitet faoliyatini boshladi (1865).
Vena opera teatri binosi ochildi (1869).
Oscar Uayld ikki yil katorgaga hukm qilindi (1895).
Argentinaning mashhur "River Pleyt" jamoasiga asos solindi (1901).
Jessie Ouens yengil atletika boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi (1935).
Iordaniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi (1946).
Addis-Abeba shahrida tashkillashtirilgan Afrika davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi I konferensiyada Afrika ittifoqi tashkilot tuzildi va ushbu kun BMT tomonidan "Afrika ozodligi kuni" deb e'lon qilindi (1963).
Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi (1994).
Xakasiya o‘zining birinchi konstitutsiyasini qabul qildi (1994).
Shimoliy Koreya sig'imi 20 kiloton bo‘lgan yerosti yadro sinovlarini o'tkazdi (2009).

#tavalludlar:
1803-yil: Ralf Uoldo Emerson (1882) – amerikalik shoir, faylasuf, transsendentalizm nazariyasi asoschisi.
1892-yil: Iosip Broz Tito (1980) – taniqli siyosatchi, sobiq Yugoslaviya Xalq Federativ Respublikasi Prezidenti.
1912-yil: Sobir Muhamedov (1978) – kinodramaturg, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 
1919-yil: Mahbuba Qodirova  – adabiyotshunos va matnshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995).
1926-yil: Farog’at Rahmatova (2014) – aktrisa va xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964).
1971-yil: Kristina Orbakayte – Rus estrada xonandasi.
1971-yil: Jastin Genri – amerikalik kinoaktyor.
1985-yil: Demba Ba – Senegallik futbolchi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube