Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-12-11 08:15:20

Bugun 11-dekabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro tog‘lar kuni.
UNICEFning tug'ilgan kuni.
Braziliya – Muhandislar kuni.
Malavi – Milliy daraxt ekish kuni.

#muhim_voqealar
1816 – Indiana AQShning 19-shtatiga aylandi.
1946 – BMT huzurida UNICEF tashkil topdi.
1981 – Big Ben soati sovuq tufayli 12:27da to'xtab qoldi.

#tavalludlar
1810 – Alfred De Myusse (1857) – fransuz shoiri, yozuvchi, dramaturg.
1882 – Maks Born (1970) – nemis va britan fizigi va matematigi, Nobel mukofoti sohibi (1935).
1890 – Karlos Gardel – argentinalik qo'shiqchi, bastakor va aktyor, mashhur Tango raqqosi.
1918 – Aleksandr Soljenitsin (2008) – rus yozuvchisi, dramaturg, shoir, publisist, jamoat arbobi, Nobel mukofoti sohibi.
1969 – Vishvanatan Anand – hind grossmeystri, shaxmat bo‘yicha 15-jahon chempioni.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.3K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-12-10 13:15:11
“Shuhrating porlasin toki bor jahon"

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 31-yilligiga bag‘ishlanadi.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali ijodkor talabalaridan jonli ijro
.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.2K views10:15
Ochish/sharhlash
2023-12-10 11:13:13

Bugun 10-dekabr haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Inson huquqlari kuni.
Xalqaro hayvonlar huquqlari kuni.
Butunjahon futbol kuni.
Nobel mukofotlarini topshirish kuni.
O‘zbekiston – Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
O‘zbekiston – Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni. 

#muhim_voqealar
1817 – Missisipi AQShning 20-shtatiga aylandi.
1848 – Lui Napoleon Bonapart Fransiya Respublikasining birinchi prezidenti etib saylandi.
1901 – Nobel mukofoti ilk bor egalariga topshirildi.
1948 – BMT Bosh Assambleyasi Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi.
1992 – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.

#tavalludlar
1815 – Avgusta Lavleys (1852) – ingliz matematigi, birinchi ayol dasturchi, Bayronning qizi.
1821 – Nikolay Nekrasov (1878) – rus shoiri, yozuvchi va publitsist, rus mumtoz adabiyotining vakili.
1891 – Nelli Zaks (1970) – nemis shoirasi, Nobel mukofoti sohibasi (19660.
1934 – Howard Martin Temin (1994) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi.
1944 – Nuraliyev Haydarali – naqqosh, O’zbekiston xalq ustasi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
22.5K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-12-10 10:42:37
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan tayyorlangan video lavha.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
19.4K views07:42
Ochish/sharhlash
2023-12-09 11:03:39

Bugun 9-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.
Xalqaro veterinariya kuni.
Butunjahon texno kuni.
Rossiya – Vatan Qahramonlari kuni.

#muhim_voqealar
1863 – Amerkalik Jeyms Plimpton to’rt g’ildirakli konkini ixtiro qildi.
1968 – Duglas Engelbart kompyuter sichqonchasini namoyish qildi.
1992 – O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
2003 – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni birinchi marta nishonlandi.

#tavalludlar
1608 – Jon Milton (1674) – ingliz shoiri, mutafakkir.
1742 – Karl Vilgelm Shele (1786) – shved kimyogari, kislorodni kashf qilgan.
1933 – Mubinjon Baratov (2005) – faylasuf olim, O‘zbekiston FA akademigi.
1938 – Kamolova Qamara – rejessyor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi.
1978 – Komila Xo'jayeva – "Setora” guruhi xonandasi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
27.2K views08:03
Ochish/sharhlash
2023-12-08 20:12:33
Markazimizda yangi yil shukuhi!

Yurtimizga qish kirib kelganiga roppa-rosa 8 kun bo‘lishi bilanoq, mana bugun Toshkentda birinchi qor yog‘ishni boshladi. Ayni damda hammayoq asta-sekin oppoq rangga burkanmoqda.

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshidagi “Art club” to‘garagi koordinatori Jasmina Axmadjonova tomonidan markaz bosh binosining kirish eshiklariga Yangi yil bayrami suratlari chizildi. Ushbu suratlarni ko‘rib markazimizga tashrif buyurgan barcha xodimlar va mehmonlarning kayfiyatlari ko‘tarilishiga ishonamiz.

Yuqoridagi videoni ko‘rib, ijod namunasiga baho bering.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.9K viewsedited  17:12
Ochish/sharhlash
2023-12-08 12:05:05
#konstitutsiyakuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
23.3K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2023-12-08 09:06:47
#tabrik
#konstitutsiyakuni

Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Konstitutsiyamiz shu zaminda yashayotgan har bir insonning baxtli xayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratish g‘oyasini o‘zida mujassam etib, shu maqsadlarga erishishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning har bir moddasida inson manfaatlari mujassamdir.

Yangilanayotgan O‘zbekistonimizdagi Uchinchi Renessans – Yangi Uyg‘onish davrining birinchi Konstitutsiya kuni. Yurtimiz tinchligi osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin.

Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridak qomusiga amal qilgan halq kelajagi buyuk bo‘ladi. Bejizga, ”Qomusli el – nomusli el” deyishmagan. Qomusi bor yurtimizning bayram tonglari barchamizga muborak bo‘lsin!

To‘liq tabrikni o‘qish

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R. Xudayberganov

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
25.8K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-12-07 16:27:46
Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ yakunlandi!

Toshkent shahrida tahsil oladigan 400 ga yaqin talaba-yoshlarni qamrab olgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan sportning stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“da g‘oliblar aniqlandi.

Talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
1-o‘rin: Zulayho Zafarjonova, Renessans universiteti talabasi
2-o‘rin: Na’muna Yusupova, O‘zMU talabasi
3-o‘rin: Marjona Turayeva, Puchon universiteti talabasi

Talaba-yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
1-o‘rin: Ulug‘bek Sobitaliyev, O‘zDJTSU talabasi
2-o‘rin: Abdusomad Saidov, KIUT talabasi
3-o‘rin: Mirshavkat Mirabdullayev, TDIU talabasi

G‘oliblarga I, II va III darajali diplomlar hamda smart soat, quloqchin va airpods sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov topshirib, kelayotgan 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ bilan barchani tabrikladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
34.1K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-12-07 14:34:54
NamDU – Oʻzbekiston kubogi sohibi!!!

1-8-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtgan Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslarida NamDU qizlar jamoasi barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylandi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.6K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash