Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-05-11 19:46:20 Magistratura uchun xorijiy til sertifikatlari bekor bo’ldimi?

Kim grantda, kim kontrakt asosida o’qiydi? Qabul jarayonida qanaqa o’zgarishlar bor?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov javob beradi.






Manba: generalissimus_uzb

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.0K views16:46
Ochish/sharhlash
2024-05-11 17:07:31 Bunda nazarda tutilgan Toefl IBT home edition haqida rasmiy qaror qabul qilinmagan.
Qaror qabul qilinguncha olingan sertifikatlar qabul qilinadi!

Shu sababli kutila rasmiy ma'lumot bo'lishi bilan kanalda e'lon qilinadi!

@magistrlarofficial
18.4K views14:07
Ochish/sharhlash
2024-05-11 15:25:27
TOEFL iBT sertifikati haqida

TOEFL iBT imtihoni ETS tashkiloti tomonidan tashkil qilinadi. Uning hozirgi kunda 3 ta turi mavjud.

TOEFL iBT
TOEFL iBT Home Edition
TOEFL iBT Paper Edition (TOEFL PBT ham deyiladi)

TOEFL iBT va PBT rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshiriladi. Natijalari ishonchli hisoblanadi. O'zbekistonda tan olinadi va bir qator imtiyozlarni beradi.

TOEFL iBT Home Edition esa huddi IELTS Online kabi karantin davrida tashkil qilingan imtihon bo'lib, uni uydan turib topshiriladi. Shu sababdan natijalari rasman tan olinmaydi. Hech qanday imtiyoz bermaydi.
U yoki bu imtihonni topshirishda ehtiyot bo'ling. Topshirishdan oldin yaxshilab surishtirib, ma'lumotga ega bo'lib keyin topshirishni tavsiya qilamiz!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.4K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2024-05-11 13:19:28
O‘rta maxsus, professional va oliy ta‘lim muassasalaridagi pedagog va xodimlarning jamoaviy mehnat nizolari endilikda oson hal etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston ta‘lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tegishli qo‘shma qaroriga muvofiq doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi tarmoq mehnat arbitraji faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur mehnat arbitraji xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/sections/kengashlar/view/11238/

@magistrlarofficial
12.6K views10:19
Ochish/sharhlash
2024-05-11 12:00:06
Xo'sh obunachilar.TOEFL(IBT) haqida umumiy savollarga javob berib o'tamiz!

TOEFL sertifikati yangi qabul yili uchun qabul
Bakalavr/Magistr/PHD ga qabul qilinadimi?
Ha Albatta
.Bizning kursda o'qigan studentlarimiz magistr va bakalavr bosqichlarida o'qishyaptilar!

Endilikda Biz bilan English tilini sertifikatini olishingiz yanada osonroq !!!

Maqsadlaringizga biz bilan erishing!

@toefl_easy
17.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-05-11 10:01:04
Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi.

Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda,

Shuningdek, loyihada mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qoʻllash ko‘rsatib o‘tilgan.

Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Muhokamada ishtirok etish
https://regulation.gov.uz/oz/d/98472

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2024-05-10 20:47:11 #Obunachilarimizdan
#Tahrirsiz

Assalom-u aleykum! Kvotalarni qo'riqlab o'tiraveringlar! Rus tilini bitirib juda katta salohiyatli yosh yigit kadrlar QIMMAT bo'lsayam Maskva shahrida magistratura o'qishga ketib, o'sha joyda ishlab qolib ketishyapti!!!

Bundan Davlat faqat zarar ko'ryaptiyu... bor qonun, bor hujjat, faqat o'qib tushunolmaydigan ba'zi mansabdorlarni deb.

Ha, aytgancha, O'zbekistonda 5 yillik oliy ta'limni bitirganlarga Magistratura shart emas, agar rus tili ikkinchi til bo‘lgan vaqtlar, sal kam 35 yil oldin o'qib bitirgan rus tili o'qituvchilari (ular o'qigan davrda rus tili fani maktablarda haftasiga 5, 6 kun, bir kunda ba'zan 2, 3 soat, o'tilgan va rus tili sizlar aytayotgan O'zbekistonda ikkinchi til sifatida amalda bo'lgan!) Ular, to'g'ri, ТРКИ - III C1 sertifikatlarini olishgan hozirgi kunda, lekin ularning soni juda kamchilikni tashkil etadi. Ularning katta ko'pchiligi pensiya yoshiga yetgan. Hozir Magistraturaga qiziqish bildiryotganlarning aksariyati yoshlar 2000-yilda tug'ilganlar ekanligini inobatga olsak, asosiy rus guruh yani yevro guruhni bitirganlar sertifikatlashtirilmagan chunki, hozir ko'p munozaraga sabab bo'layotgan ta'lim tili rus tilida bo'lganligi uchun, va bu yosh kadrlar Mustaqilik farzandlari! Shunday ekan ular sertifikatlar olib hayotning mana shu ta'lim sohasiga kirib kelgunlarigacha rus tili xorijiy tilga aylanganiga (ya'ni rus tili darslari haftasiga ikki kun, va ikkinchi sinfdan o'tiladi, aytish mumkinki, agar O'zbekistonda ikkinchi tilni aniq muvofiqlashtirish joiz bo'lsa, bu til ingiliz tilidir, maktablarda ingliz tili 1-sinfdan o'tiladi, haftada 3 soat chuqurlashtirib o'tiladi. Oliygohlarda esa ingliz tilini maktablarda o'rgatish va hatto maktabgacha ta'limda o'rgatish kabi yo'nalishlar (SamDUda) bor. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz tili asosiy guruhlar ya'ni hamma darslar ingliz tilida olib boriladigan, huddi rus tilidagi kabi, ingliz yevro guruhlar O'bekistondagi deyarli barcha, va, hatto xususiy Universitetlarda tashkil etilgan) guvohi bo'lib turibmiz!!! Shunday ekan, aziz davlat boshqaruvidagi mansabdor shaxslar, xususan, maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi hodimlari, shu jumladan, aziz 4 yildan beri magistratura yo'nalishi ma'sul hodimi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherali Toshniyozov, yuqoridagi fikrlarni o'rganib, manashu murojatimga ilova qilayotgan hujjatni qayta ko'rib chiqib, bu hujjatni xorijiy tillarni bitirgan talabalar fansuz, nemis, ingliz deb aniq sanab o'tishingizni va rus tilidan tashqari deb ta'kidlab, nima uchun rus tili sertifikati attestatsiya va magistraturaga yaroqsiz xalqaro sertifikat ekanligini ilova qilishingizni so'rayman. Bu bilan men va men kabi o'qituvchilar tushunolmayotgan mujmallikdan hunob bo'lib, asabiylashib o'z sog'liqlari va vaqtlarini mana shu mujmallikni yechishga sarflayotgan ta'lim sohasi jonkuyarlari ustozlarga yechim topib berishingizni so'rayman. Va yana aniqlashtirishni xohlardimki, maktablarda 50 foiz ustama uchun yaroqli ТРКИ III C1 xalqaro sertifikati nima uchun maktabgacha ta'limda oliygohni 4 yillik bakalavriyatini bitirgan, oliy ma'lumotli, o'rindosh sifatida emas, asosiy pedagog kadr sifatida faoliyat olib borayotgan pedagog o'qituvchilarga 50 foiz ustama berilmaydi (bu haqda adliya vazirliklari hech qanday asos va ma'lum hujjatsiz rus tili bo'yicha xalqaro sertifikatlar maktabgacha ta'lim sohasida umuman rol o'ynamaydi deb ta'kidlashmoqda ekan)? Shu mujmallikka ham oydinlik kiritib davlat hujjatida ilova qilishingizni va bu ilovani asosliy izohlab o'tishingizni va yoki bu fikrlar davlat hujjatlarini tushunolmayotgan yuqori tashkilotlar, xususan ta'lim sohasi davlat korxonalari qo'shtirnoq ichidagi hodimlari xatosi bo'lsa, xalqaro sertifikat to'g'risidagi qonunni yo'llayotgan murojatimga mos tarzda tushuntirib bersangiz.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.2K views17:47
Ochish/sharhlash
2024-05-10 17:22:43 Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda:

Ingliz tili bo‘yicha
Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.

@magistrlarofficial
62.6K viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2024-05-09 17:53:59 ​​Kimdir taqib ketsa, indamay taqib yuravermang. Georgiy tasmasi nima o‘zi u?

Har yili 9-may arafasida Georgiy tasmasining tarqatilishini, uning tarixini bilib-bilmay, goh ko‘ksiga, goh mashinasiga taqib yuradigan yurtdoshlarimizni ko‘rib hayron qolasan kishi. Axir bu tasma ortida qanchalik qora tarix bor!

Yekaterina II davrida, rus-turk urushi paytida joriy etilgan bu tasma va shu nomdagi orden urushda jasorat ko‘rsatgan rus harbiylariga berilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu tasma o‘zga yurt tuproqlarini toptagan, bosib olgan bosqinchilarga rag‘bat ramziga aylangan.

Uch qator qora va ikki qator to‘q sariq rangdan iborat bu tasma chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasiga bosqinchilik yurishlari davrida bosqin uchun mukofot bo‘lgan. Bizning ota-bobolarimiz qonini to‘kkani uchun ne-ne bosqinchilar bu tasmani taqmagan deysiz.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida shu mazmun aks etgani achchiq haqiqat.

Begunoh odamlarning to‘kilgan daryo-daryo qonlari, mushtipar ayollarning ohu voylari, yetim qolib bo‘zlagan bolalarning faryodlari, yonib ketgan uylar, vayron bo‘lgan binolar, zo‘ravonlik va xo‘rlikning haddi a’losiga yetishi ortida bu tasma yomg‘irdan keyin chiqqan kamalak kabi tovlanib turadi. Bu qora tarixni bilmasdan yoki ongli ravishda qatida qon jilvalanib turgan tasmani tarqatish kimgadir kerakdir, lekin uni taqish sharafsizlik emasmi? Hech bir vatanparvar inson bu tasmani o‘ziga ravo ko‘rmaydi, aksincha, undan jirkanadi.

O‘zbek degan millat o‘ziga qilingan yomonlikni kechirishi mumkin, lekin hech qachon unutmaydi. Biz ota-bobolarga munosib avlod bo‘lish uchun eng avval ularning qonini to‘kkan dushmanlarni tanib olishimiz zarur. Zotan, o‘z vataningni bosib, talab, vayron qilib, uni toptagan bosqinchiga muhabbat qo‘yish, uning faxr belgisi bo‘lmish – ramziy tasmasini taqish millatga nisbatan xiyonatdir.

Biz faxr qiladigan muqaddas bayrog‘imiz bor. Ataylab bizga tiqishtiriladigan yovuz tasma o‘rniga o‘z bayrog‘imiz tasvirlangan tasmalarni taqib yurganga nima yetsin! Ularga munosib javob shu!

Yaqinlarni ogohlantirishni unutmang!

Manba:masofatalim
@magistrlarofficial
13.4K views14:53
Ochish/sharhlash
2024-05-09 14:19:31 Kontrakt narxlari oshishi kutilmoqda

@magistrlarofficial
14.5K viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash