Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Sertifikat
Rasmiy
Xushxabar
Устама
Chet
Savollarga
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Sertifikat
Rasmiy
Xushxabar
Устама
Chet
Savollarga
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.56K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2024-05-25 12:11:44 #Qonunchilik_yangiliklari

Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);

kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bunda:
ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

@magistrlarofficial
11.6K viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:35:10 Yangi o‘quv yilidan grantga o‘qigan talabalar uchun 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi – Prezident farmoni

@magistrlarofficial
13.7K views05:35
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:16:38
Олий таълим тизимида кўплаб ўзгаришлар

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги
Фармони

https://president.uz/uz/lists/view/7256

@magistrlarofficial
13.0K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:15:13 Магистратура мутахассисликлари ва олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига қабул қилишда хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификатлар қуйидаги даражаларда талаб этилади:

хорижий тиллар йўналишлари бўйича – камида С1 даражасида;

гуманитар, биологик ва турдош фанлар, математика ва статистика, бизнес ва бошқарув, ҳуқуқ, хизмат кўрсатиш, ижтимоий ва хулқ-атворга мансуб фанлар, журналистика ва ахборот, ахборот-коммуникация технологиялари таълим соҳалари бўйича – камида В2 даражасида;

бошқа таълим соҳалари ҳамда маданият ва спорт мутахассисликлари (ихтисосликлари) бўйича – камида В1 даражасида.

https://president.uz/uz/lists/view/7256

@magistrlarofficial
14.6K viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:07:54 Педагог ходимлар учун йиллик узайтирилган меҳнат таътили бўйича кўрсатма хат

Педагогларнинг ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътилларини режа-жадвалга асосан (навбат билан) ўз вақтида ва қонунчилик талаблари асосида (тўғри) амалга оширилишини таъминлаш юзасидан

@magistrlarofficial
11.1K views05:07
Ochish/sharhlash
2024-05-25 07:05:46
Sizlarga maksimal darajada ilm-fanga yo'naltirilgan ushbu kanallarimizni taklif qilamiz.

1.  Scopus va web of science xalqaro nufuzli ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallari uchun ochilgan kanal
Ushbu kanalda hozirgi kunda barchaning diqqat e'tiborida bo'lgan asosan shu ikki (scopus, web of science) ilmiy bazalardagi sifatli, haqiqiy va eng asosiysi narx jihatdan sizni qanoatlantiruvchi jurnallar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
https://t.me/Scopus_Web_of_science

2.  Dissertatsiyaning ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan, Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatidagi jurnallar uchun ochilgan kanal.
Ushbu guruh ilmiy maqolalar ya'ni dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro'yxatidagi jurnallarida chop qilishga amaliy va nazariy yordam berish maqsadida tashkil qilingan!
https://t.me/OAK_jurnallari_N1

3. Barcha xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan olgan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar uchun ochilgan kanal.
Ushbu kanal asosan
-OAK jurnallari
-Impact factorli xalqaro ilmiy bazalarda indesklanuchni jurnallar
-Xalqaro jurnallar va konferensiyalar
-Respublika jurnallar va konferensiyalar
-Xalqaro jurnallar tahririyat a'zoligiga ko'maklashish
maqsadida tashkil etilgan.
https://t.me/Scientific_Publication1

4. Yil davomida o'tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar axborot xatlari uchun ochilgan kanal.
Ushbu kanalda maksimal darajada xalqaro va mahalliy miqyosda o'tkazilayotgan va o'tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy amaliy anjumanlar axborot xatlari berib boriladi.
https://t.me/uz_conference

Ushbu kanallarning barchasiga a'zo bo'lishingiz tavsiya etiladi hamda postni hamkasblarga va tanish guruhlarga maksimal yuboring, albatta ularga ham foydali.

Bizning doimiy shiorimiz:






@Science_technical_PhD
9.6K views04:05
Ochish/sharhlash
2024-05-24 22:27:43
Litsenziyasi bekor qilingan va sud jarayonlari davom etayotgan oliygohlar ro'yxati

2024-yil 24-may holatiga ko'ra, 4 ta nodavlat ta'lim tashkiloti litsenziya tegishli tartibda bekor qilingan va 3 ta OTM talabalari boshqa oliy ta'lim muassasalariga ko'chirilgan.

Ayni vaqt yana 2 ta nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining sud jarayoni davom etmoqda.

@magistrlarofficial
13.0K views19:27
Ochish/sharhlash
2024-05-24 18:10:00
Sentabr oyidagi TYS imtihoniga tayyorlanmoqchi bo’lsangiz yozni bekor o’tkazmang.

Turk tilini noldan boshlab o’rganmoqchi bo’lganlar uchun may online kurs.

Turkiyada bakalavr va magistratura bosqichlada 5 yildan beri ta’lim olayotgan, 2 yildan beri Turk tilidan dars berib kelayotgan ustozdan turk tilini o’rganishni istasangiz murojaat qiling!

Kurs narxi oyiga 250 ming söm
13.0K views15:10
Ochish/sharhlash
2024-05-24 18:05:00 Obunachidan taklif kelibdi:

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanaliga oxirgi kunlarda joylanayotgan postlarni koʻrib, vazirlik nomini Tadbir, festival, forum, konferensiya, konsert oʻtkazish vazirligi deb oʻzgartirish taklifi tugʻilib qoldi”, deb yozishibdi.

Chindan ham, vazirlik kanalini qarab chiqib, bu ta’lim vazirligining kanalimi yoki tadbirlarni yoritib boradigan biror kanalimi, deb ikkilanib qoldi odam.

Ilm-fan bilan bogʻliq, dunyodagi yangi innovatsiyalar yoki texnologiyalar bilan bogʻliq xabarlardan ham joylab borilsa, talabalar va oʻqituvchilarga shundan foyda. Bitiruvchilar haftaligi doirasida talabalarga dota yoki counter strike oʻynatganini koʻrsatishdan nima foyda borligi esa tushunarsiz. Tadbirlarniyam yoritish kerak, lekin har holda bularni oliy ta’lim vazirligi degan nomi bor. Yonida innovatsiyalar degan soʻzi ham bor.

Nomga munosib boʻlib, sal ilm-fanga, innovatsiyalarga yaqin xabarlardan ham joylab turilsa, nur ustiga alo nur edida.

@magistrlarofficial
11.5K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:04:57
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

@magistrlarofficial
8.3K views12:04
Ochish/sharhlash