Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Sertifikat
آنا
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.13K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2024-05-30 11:46:42 Rasman: Nodavlat oliygohlar endi sirtqi ta'limga xohlaganicha talaba qabul qila olmaydi

2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Ya'ni endilikda nodavlat oliygohlar kunduzgi ta'lim uchun 1000 talaba qabul qilsa, sirtqi va kechki ta'lim shakli uchun ham jami 1000 ta talaba olish imkoniga ega. Undan ortig'i mumkin emas. Masalan: 1000*2=2000

Bu degani nodavlat oliygohlarning umumiy nechta talaba qabul qilishi, uning kunduzgi ta'lim talabalar soniga qarab aniq bo'ladi.

Asos: 24-may kuni PF-81 sonli Prezident farmoni e'lon qilindi

@magistrlarofficial
15.0K viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2024-05-30 08:04:40 #Chet_tili_sertifikati
#Rasmiy
#Ustama

Хорижий
тиллар ва умумтаълим фанларини билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхати тасдиқланди

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг қарори, 29.05.2024 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3515

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.6K views05:04
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:57:24 #xushxabar

Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi

Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)

Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.1K views04:57
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:53:08 #xushxabar #rasmiy

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.

Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.6K views04:53
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:49:57
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.2K views04:49
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:31:06
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Avvalgi ro‘yxat bu yerda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.8K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-05-26 20:09:30 34K
8.0K viewsedited  17:09
Ochish/sharhlash
2024-05-26 18:05:40
“Talqin va tadqiqotlar" jurnalining # 11 (48) soniga maqolalar qabul qilinmoqda. Barcha maqolalalar google scholarda indekslanib, iqtiboslik beradi.

Yuqori impact factor: UIF=8.2

Jurnalning va maqolalarning OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan nufuzli bazalardagi qaydnomasi va indekslanishini tekshirish
Directory of Research Journals Indexing (OAK 15)
Index Copernicus (OAK 12)
Scientific Journal Impact Factori (OAK 23)
Universal Impact Factor (OAK 43)
Cyberleninka
Google Schoolar
ZENODO

Materiallar 30-may soat 18:00 ga qadar

@RavshanjonAbdullayev Telegram manzili orqali qabul qilinadi.

Jurnal materiallari 31.05.2024 kuni e'lon qilinadi
talqinvatadqiqotlar.uz

Axborot xati

Murojat:
+998911529314
@RavshanjonAbdullayev
https://t.me/konferensiyavajurnallar
7.5K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-05-26 13:55:53 Магистратура мутахассисликларига қабул қилишда хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификатлар ушбу жадвалда кўрсатилган даражаларда талаб этилиши кутилмоқда.

Жадвал тасдикланиши кутилаетган классификатор лойиҳаси асосида ишлаб чиқилди. Тасдиқланиш жараёнида ўзгаришлар юз бериши мумкин!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
22.9K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2024-05-25 20:02:41
#Savollarga_javoblar

*Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
9.4K views17:02
Ochish/sharhlash