Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar | Magistrlar Official

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi.

Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda,

Shuningdek, loyihada mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qoʻllash ko‘rsatib o‘tilgan.

Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Muhokamada ishtirok etish
https://regulation.gov.uz/oz/d/98472

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group