Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.38K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2024-06-05 09:16:36 #Imtiyoz
#Magistratura

Prezident stipendiyasi sohiblari hamda kimyo va biologiya mutaxassisligini faqat "a’lo" baholar bilan tamomlagan magistrlardan tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirishda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.7K views06:16
Ochish/sharhlash
2024-06-05 07:19:50
#Qabul2024 #Abituriyent2024

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
20.2K views04:19
Ochish/sharhlash
2024-06-05 07:16:50
Ўқитувчилар Хитойда тест варақаларни шундай текширмоқдалар: илова бир неча сония ичида тўғри/нотўғри жавобларни белгилайди ва экранда ўқувчи баҳосини кўрсатади. Зўр-а?

————————

Вот так проверяют контрольные работы учителя в Китае: приложение отмечает верные/неверные ответы за пару секунд и выводит на экран оценку. Здорово, не правда ли?

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.7K views04:16
Ochish/sharhlash
2024-06-04 13:13:02
#Sõragan_edingiz

Ustama, daftar tekshirish, sinf rahbarlik va boshqa qo'shimcha to'lovlar ta'til pulini hisoblashda inobatga olinadimi?


Yaqin kunlarda pedagog xodimlar mehnat ta’tiliga chiqadilar. Ta’til pulini hisoblashda esa ayrim buxgalterlar tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olmaslik hollari kuzatiladi.

Natijada esa o‘qituvchining ta’til puli kam chiqadi. Biz o‘tgan yili aynan mehnat ta’tili mavzusida soha mutaxassislari bilan suhbatlashgandik. Suhbat davomida yuqoridagi savolga aniq javob berilgan.

To'liq video



@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
6.5K views10:13
Ochish/sharhlash
2024-06-04 12:04:43
TOEFL ITP Sertifikati bilan Magistraturaga o’qishga topshiring.

Navbatdagi TOEFL ITP testiga qabul davom etmoqda:

15-iyun (Shanba)
09:30 / 13:30
TOEFL Test Markazida

O’zbekiston Respublikasi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, va Maktab Ta’limi Vazirligining 2024-yil 29-may sanasidagi yangi qaroriga binoan TOEFL ITP Sertifikati Magistratura va PhD bosqichlariga qabul qilinadi.

TOEFL ITP C1-daraja sertifikati qarorga muvofiq pedagog-o’qituvchilarni ishga kirishda va 50% qo’shimcha ustama haq olish uchun ham qabul qilinadi.

Siz maksimal natija olishingiz uchun biz sizlar uchun TOEFL ITP onlayn kurslarni ham taklif qilamiz.
1-chi dars mutlaqo BEPUL.


Testga joyingizni band qilish uchun hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o'ting:

Ro’yxatdan o’tish uchun havola

Batafsil ma'lumot uchun:
71 200-80-04
Admin: @toefladminuz

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
5.9K views09:04
Ochish/sharhlash
2024-06-04 11:43:24 #perevod

O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.

Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;

mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;

OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;

talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;

OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;

kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;

talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul qvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.


https://t.me/magistrlarofficial
6.8K viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash
2024-06-04 11:29:22
OAK ro'yxatidagi jurnal/ ВАК рўйхатидаги журнал

BIOLOGIYA FANLARI

OAK tomonidan 100 % tan olinuvchi jurnal

OAK AMERIKA(OAK ro'yxatidagi jurnal, 24-bet)

Jurnal nomi: International Journal of Genetic Engineering

Jurnalning rasmiy veb-sayti: http://www.sapub.org/Journal/articles.aspx?journalid=1036

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
5.6K views08:29
Ochish/sharhlash
2024-06-04 10:41:36 Notcoin сотишга жавобгарлик борми?

Бугунга келиб криптоактив (криптовалюта)ни йиғувчилар сони кескин кўпайди. Криптоактив бу маълумотларнинг тақсимланган рейестридаги рақамли ёзувлар йиғиндиси бўлган қиймати ва эгаси бўлган мулкий ҳуқуқ ҳисобланиб, унинг ноткоин, биткоин, эфириум сингари турлари (кўринишлари) мавжуд.

Уларни ҳамма сотиши ва сотиб олиши мумкинми?

Крипто-активлар айланмаси соҳасидаги хизматлар провайдерлари фаолиятини лицензиялаш тартиби тўғрисидаги низомга кўра хизматлар провайдерлари фаолиятининг турлари қуйидагилардан иборат:
крипто-биржа;
майнинг-пул;
крипто-депозитарий;
крипто-дўкон.

Юқоридаги хизмат провайдерларисиз криптовалютани сотиб олиш ёки сотиш (ҳуқуқбузарлик) биринчи марта содир этиш Маъмурий жавобгарлик тўғридаги кодекснинг 155⁴-моддаси билан:
крипто-активларни ҳамда мазкур ҳуқуқбузарликларни содир этиш қуролларини мусодара қилиб,
ўн беш суткагача маъмурий қамоққа олишга;
ёки маъмурий қамоқ қўлланилиши мумкин бўлмаган шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг йигирма бараваридан ўттиз бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Маъмурий жарима қўлланилгандан кейин (1 йил ичида) яна юқоридаги ҳуқуққа хилоф ҳаракатни содир этганда Жиноят кодексининг 278⁸-моддасига кўра:
базавий ҳисоблаш миқдорининг юз бараваригача миқдорда жарима;
ёки икки йилдан уч йилгача ахлоқ тузатиш ишлари;
ёхуд бир йилгача озодликни чеклаш;
ёки бир йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
10.7K views07:41
Ochish/sharhlash
2024-06-04 08:00:24 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi

Respublika bo‘ylab 200 taga yaqin ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi.

Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirish mumkin.

Hukumat qarori (27.05.2023, №214) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi:

Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta ), ingliz tili (15 ta) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta ), geometriya (8 ta ), fizika (10 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:


7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

Qabul tartibi batafsil: https://talimxabarlari.uz/4915/

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
10.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-06-04 07:57:02
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
7.3K views04:57
Ochish/sharhlash