Get Mystery Box with random crypto!

#Obunachilarimizdan #Tahrirsiz Assalom-u aleykum! Kvotalarni | Magistrlar Official

#Obunachilarimizdan
#Tahrirsiz

Assalom-u aleykum! Kvotalarni qo'riqlab o'tiraveringlar! Rus tilini bitirib juda katta salohiyatli yosh yigit kadrlar QIMMAT bo'lsayam Maskva shahrida magistratura o'qishga ketib, o'sha joyda ishlab qolib ketishyapti!!!

Bundan Davlat faqat zarar ko'ryaptiyu... bor qonun, bor hujjat, faqat o'qib tushunolmaydigan ba'zi mansabdorlarni deb.

Ha, aytgancha, O'zbekistonda 5 yillik oliy ta'limni bitirganlarga Magistratura shart emas, agar rus tili ikkinchi til bo‘lgan vaqtlar, sal kam 35 yil oldin o'qib bitirgan rus tili o'qituvchilari (ular o'qigan davrda rus tili fani maktablarda haftasiga 5, 6 kun, bir kunda ba'zan 2, 3 soat, o'tilgan va rus tili sizlar aytayotgan O'zbekistonda ikkinchi til sifatida amalda bo'lgan!) Ular, to'g'ri, ТРКИ - III C1 sertifikatlarini olishgan hozirgi kunda, lekin ularning soni juda kamchilikni tashkil etadi. Ularning katta ko'pchiligi pensiya yoshiga yetgan. Hozir Magistraturaga qiziqish bildiryotganlarning aksariyati yoshlar 2000-yilda tug'ilganlar ekanligini inobatga olsak, asosiy rus guruh yani yevro guruhni bitirganlar sertifikatlashtirilmagan chunki, hozir ko'p munozaraga sabab bo'layotgan ta'lim tili rus tilida bo'lganligi uchun, va bu yosh kadrlar Mustaqilik farzandlari! Shunday ekan ular sertifikatlar olib hayotning mana shu ta'lim sohasiga kirib kelgunlarigacha rus tili xorijiy tilga aylanganiga (ya'ni rus tili darslari haftasiga ikki kun, va ikkinchi sinfdan o'tiladi, aytish mumkinki, agar O'zbekistonda ikkinchi tilni aniq muvofiqlashtirish joiz bo'lsa, bu til ingiliz tilidir, maktablarda ingliz tili 1-sinfdan o'tiladi, haftada 3 soat chuqurlashtirib o'tiladi. Oliygohlarda esa ingliz tilini maktablarda o'rgatish va hatto maktabgacha ta'limda o'rgatish kabi yo'nalishlar (SamDUda) bor. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz tili asosiy guruhlar ya'ni hamma darslar ingliz tilida olib boriladigan, huddi rus tilidagi kabi, ingliz yevro guruhlar O'bekistondagi deyarli barcha, va, hatto xususiy Universitetlarda tashkil etilgan) guvohi bo'lib turibmiz!!! Shunday ekan, aziz davlat boshqaruvidagi mansabdor shaxslar, xususan, maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi hodimlari, shu jumladan, aziz 4 yildan beri magistratura yo'nalishi ma'sul hodimi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherali Toshniyozov, yuqoridagi fikrlarni o'rganib, manashu murojatimga ilova qilayotgan hujjatni qayta ko'rib chiqib, bu hujjatni xorijiy tillarni bitirgan talabalar fansuz, nemis, ingliz deb aniq sanab o'tishingizni va rus tilidan tashqari deb ta'kidlab, nima uchun rus tili sertifikati attestatsiya va magistraturaga yaroqsiz xalqaro sertifikat ekanligini ilova qilishingizni so'rayman. Bu bilan men va men kabi o'qituvchilar tushunolmayotgan mujmallikdan hunob bo'lib, asabiylashib o'z sog'liqlari va vaqtlarini mana shu mujmallikni yechishga sarflayotgan ta'lim sohasi jonkuyarlari ustozlarga yechim topib berishingizni so'rayman. Va yana aniqlashtirishni xohlardimki, maktablarda 50 foiz ustama uchun yaroqli ТРКИ III C1 xalqaro sertifikati nima uchun maktabgacha ta'limda oliygohni 4 yillik bakalavriyatini bitirgan, oliy ma'lumotli, o'rindosh sifatida emas, asosiy pedagog kadr sifatida faoliyat olib borayotgan pedagog o'qituvchilarga 50 foiz ustama berilmaydi (bu haqda adliya vazirliklari hech qanday asos va ma'lum hujjatsiz rus tili bo'yicha xalqaro sertifikatlar maktabgacha ta'lim sohasida umuman rol o'ynamaydi deb ta'kidlashmoqda ekan)? Shu mujmallikka ham oydinlik kiritib davlat hujjatida ilova qilishingizni va bu ilovani asosliy izohlab o'tishingizni va yoki bu fikrlar davlat hujjatlarini tushunolmayotgan yuqori tashkilotlar, xususan ta'lim sohasi davlat korxonalari qo'shtirnoq ichidagi hodimlari xatosi bo'lsa, xalqaro sertifikat to'g'risidagi qonunni yo'llayotgan murojatimga mos tarzda tushuntirib bersangiz.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group