Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.38K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2024-05-21 20:50:11Талаба бўлиш истагидаги хотин-қизлар шошилинг!

Оила ва хотин-қизлар қўмитасидан тавсиянома олиш учун аризалар қабули бошланди.

Ҳукумат қарорига мувофиқ, мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажи мавжуд, бироқ, олий маълумотга эга бўлмаган хотин-қизлар давлат олий таълим муассасаларига алоҳида қабул параметрлари доирасида тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиниши белгиланган
.

Ушбу имтиёздан фойдаланмоқчи бўлган хотин-қизлар Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномасига эга бўлишлари учун жорий йилнинг 1-июнига қадар ушбу https://xotin-qizlar.uz/ платформаси орқали ариза топширишлари лозим.

Тавсиянома олиш учун талабгорлар қуйидаги мезонларнинг барчасига мувофиқ келиши керак:

Ўрта махсус ёки профессионал таълим бўйича мутахассисликка
эга бўлиши;

Тавсиянома олгунга қадар олий таълим олмаганлиги ёки олмаётганлиги;

Ўрта махсус ёки профессионал таълим мутахассислиги бўйича камида беш йиллик меҳнат стажига эга бўлиши.
 
Ариза топшириш учун талаб этиладиган ҳужжатлар:

Фуқаролик паспорти ёки ID карта нусхаси;
Меҳнат дафтарчаси (электрон меҳнат дафтарчаси)дан кўчирма;
Ўрта-махсус ёки профессионал таълим бўйича диплом.
 
Талабгорлар томонидан тақдим этилган ариза ва ҳужжатлар туман (шаҳар) ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда кўриб чиқилади ва тавсиянома бериш ёки тавсиянома беришни рад этиш тўғрисида хулоса қабул қилинади.

@magistrlarofficial
13.9K views17:50
Ochish/sharhlash
2024-05-21 19:50:59
Rasman: Ta’lim krediti xususiy universitet talabalari uchun ham beriladi

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

Kredit olish imkoniga kimlar ega?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

@magistrlarofficial
12.6K viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2024-05-21 19:23:50
#raqamlashtirish

STAT.EDU.UZ — Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim, shuningdek, doktorantura bo‘yicha statistik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan platforma

Ushbu platforma orqali
– professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– o‘quvchi va talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar
– ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– qabulga oid statistik ma’lumotlar
– ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
va shu kabi statistik ma’lumotlarni olish mumkin.

Platformadagi statistik maʼlumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimi hamda boshqa ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali shakllantiriladi.

@magistrlarofficial
11.7K views16:23
Ochish/sharhlash
2024-05-21 17:59:28
Конференсияи илмии байналмилалй «Муаммоҳои илму фан аз нигоҳи муҳаққиқон» ''Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida'' III xalqaro ilmiy konferensiya

XO‘JAND DAVLAT UNIVERSITETI (TOJIKISTON)
“Interpretation and researches” xalqaro jurnali

Konferensiya o‘tkazish vaqti: 2024-yil, 25-may

Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinadi.

1-sho‘ba: Aniq va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari
2-sho‘ba: Ijtimoiy-gumanitar fanlarning muammolari
3-sho‘ba: Pedagogika fanlarini tadqiq etishning istiqbollari: qarashlar va nazariyalar.
4-sho’ba: Filologiya fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuvlar.

Maqolalar 23-mayga qadar qabul qilinadi.
Barcha maqolalar google scholarda indekslandi.

Axborot xati

Murojaat uchun:
Telegram: @RavshanjonAbdullayev
Tel: +998911529314

https://t.me/konferensiyavajurnallar
9.5K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-05-21 07:31:14
#Биласизми

Педагогларнинг фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш орқали аралашиш ёки педагогнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:

фуқароларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 10 бараваридан 15 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади.

Мазкур ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилса:

фуқароларга БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 15 бараваридан 20 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.7K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2024-05-20 20:00:29
500 ta kvota uchun tavsiyanoma qancha muddat amal qiladi?

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga 500 ta kvota ajratiladi.

Hozir talabgorlardan ariza olinyapti.

Kimlar tavsiyanoma ololadi?

o'rta ma'lumotli;
OTMda o'qimagan;
5 yil staji borlar.

Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil. Ya'ni uni olgan talabgor o'qishga kirolmasa, jami 3 yilgacha undan foydalanishi mumkin.

@magistrlarofficial
15.7K viewsedited  17:00
Ochish/sharhlash
2024-05-20 19:28:40
“Ўқитувчининг ойлиги кам. Раҳбарлар бир соат дарс бериб кўрса машаққатини билади”:

Расул Кушербаев бошқа соҳаларга қараганда кам маош олаётган ўқитувчилик касби машаққати ҳақида

Собиқ депутат ўзи ўқитувчи бўлиб ишлаб, қийинчиликларни кўриб қўл кўтариб чиқиб кетгани ҳақида гапирган.

Видеони кўрамиз


@magistrlarofficial
28.6K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash
2024-05-20 16:06:22
Talabalarga stipendiya to‘lash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Bu tartib grant-kontrakt o'qish tartibi bilan birga o'zgarmoqda.

Grantda o‘qish tartibi o‘zgaryapti. Talabalarning grant-kontraktda o‘qishiga qarab qay tarzda va qancha stipendiya olishi hozircha aniq emas.

Stipendiyaga oid tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi.

@magistrlarofficial
14.0K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash
2024-05-20 15:57:12 Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda:

Ingliz tili bo‘yicha
Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.

@magistrlarofficial
9.5K views12:57
Ochish/sharhlash
2024-05-20 11:46:03
Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar berildi

Jumladan, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi.

Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻonaga, yaʼni B1 darajasiga tushiriladi.

Ammo sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.0K viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash