Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.38K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2024-06-07 13:53:34 Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарорига биноан, Баходир Аликулович Холиков Самарқанд давлат чет тиллари институти ректори этиб тайинланди.

Б.Холиков ушбу лавозимга тайинлангунига қадар, Ўзбекистон Республикаси Бош вазири котибияти Давлат тилини ривожлантириш департаментининг Ўзбек тилини ривожлантириш ва атамашунослик масалалари бўйича бош мутахассиси бўлиб ишлаган.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
11.7K views10:53
Ochish/sharhlash
2024-06-07 08:27:18 Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.9K views05:27
Ochish/sharhlash
2024-06-07 07:30:01 O'qishni ko'chirishda o'tish ballari o'zgarish ehtimolligi bor.....

Bu yilgi qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda minimal o'tish ballari ko'tarildi. Endilikda avvalgiday 56,7 ball degan narsa mavjud emas. Shu sababli endi 56,7 ball to'plab ham o'qishga kirish imkoni yo'q, ta'lim yo'nalishi uchun to'plangan eng yuqori ball shu bo'lsa ham.

Odatda abituriyentlar uchun kiritilayotgan o'zgarishlar bir yildan so'ng o'qishni ko'chirish tartibi uchun ham tadbiq qilinadi. Biroq, katta ehtimol bilan ushbu o'zgarish bu yilgi o'qishni ko'chirish jarayonlariga ta'sir qilishi mumkin.

Mana shunda o'qishni ko'chirishda ko'plab ta'lim yo'nalishlarida o'tish ballari avtomatik ravishda ko'tarilish ehtimolligi mavjud.

Xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan. O'zgarishlar haqida kanalimizda ma'lum qilamiz.

@magistrlarofficial
10.8K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-06-07 07:25:42
Ta'til puli qanday hisoblanadi?

Pedagoglar o'zlari mustaqil ravishda ta'til pulini hisoblab ko'rishga qiziqadi. Lekin ko'pchilik ta'til pulini hisoblashda xatolikka yo'l qo'yadi.

Pedagoglar mehnat ta'tili mavzusiga bag'ishlangan ko'rsatuvda mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ta'til pulini hisoblashni sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilgandi. Batafsil videoda.

To'liq video



@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
11.5K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-06-07 07:19:12
Garvardda 9 oy tadqiqot qilish imkonini beruvchi Radcliffe Institute Fellowship Program dasturi. G'oliblarga $78,000 stipendiya beriladi!

Talablar
— Dasturga ushbu kategoriyalarda hujjat topshirish mumkin: Gumanistlar va ijtimoiy fan olimlari; Ijodkorlar (jurnalist va badiiy boʻlmagan yozuvchilar); Olimlar, injenerlar va matematiklar;
— Doktorlik darajasini olganligiga kamida 2 yil bo'lgan bo'lishi kerak (Ijodkor kategoriyasi bo'yicha shart emas).

Foydali tomonlari
— Yillik $78,000 miqdoridagi stipendiya;
— Loyiha xarajatlari uchun qo'shimcha $5,000
— Byerly Halldan ofis yoki studiya uchun joy;
— Oilasi bilan ko'chib keladiganlarga $5000 dan $7000 gacha qo'shimcha pul + enaga yollashi uchun mablag' ham beriladi!

Oxirgi muddat
13.09.2024 08:59

Rasmiy havola: https://www.radcliffe.harvard.edu/radcliffe-fellowship/become-a-radcliffe-fellow
Hujjat topshirish: https://radcliffe.onlineapplicationportal.com/

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #AQSh

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
9.1K views04:19
Ochish/sharhlash
2024-06-06 06:29:12
#Savollarga_javoblar

SAVOL: Magistraturaga hujjat topshirish uchun TOEFL iBT Home edition sertifikatidan olmoqchi edim lekin bu sertifikatni o‘tmaydi deyishdi, shunga izoh bersangiz.

JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 29 mayda 3515-raqam bilan roʻyxatga olingan) taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha rasmiy kanalida shunday ma'lumot berilgan, rasmiy deb qabul qilamiz

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.6K viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2024-06-05 20:17:16 Педагог ходимларга 56 календарь кун таътил берилади

Таътил олиш ходимнинг ҳуқуқи ва иш берувчининг мажбурияти. Бироқ ходим таътил муддати келганда уни олиши шарт.

Меҳнат кодекси 216-моддасига асосан барча ходимлар, шу жумладан ўриндошлик асосида ишлайдиган ходимлар ҳар йилги меҳнат таътилига чиқиш ҳуқуқига эга. Айнан мана шу қоидага кўра ходимлар таътил олиш ҳуқуқига эга.

Ушбу кодекс 218 ҳамда 501-моддаларига мувофиқ педагогларга узайтирилган меҳнат таътили берилади.

Эътиборли жиҳати шундаки, ҳар йилги меҳнат таътили ўқувчиларнинг ёзги таътили даврида бериладиган таълим ташкилотларининг ўқитувчилар таркибига биринчи иш йилидаги ҳар йилги меҳнат таътили ўқувчиларнинг ёзги таътили даврида тўлиқ давомийликда, улар ушбу таълим ташкилотига ишга кирган вақтидан қатъи назар, ишлаб берган вақтига мутаносиб равишда ҳақ тўланган ҳолда берилади (МК 227-м).

Демак, ўқитувчи ишга қачон қабул қилинганидан қатъий назар у таътилни тўлиқ олади. Айтайлик А исмли ўқитувчи оилавий шароит тақазоси билан март ойида Тошкент вилоятидан Самарқанд вилоятига кўчиб ўтиди. Бунда эса табиийки, ўқитувчи Тошкентдаги мактабдан ўз ташаббуси билан ишдан бўшади ва Самарқандаги мактабга ишга кирди. Гарчи ёзги таътилга қадар ўқитувчи 3 ой ишлаган бўлса-да, унга йиллик меҳнат таътиллари тўлиқ яъни 56 календарь кун берилади.

Чунки Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 26 июндаги 263-сон қарорига асосан ўқитувчи, ўқитувчи-логопед, ўқитувчи-дефектологи учун 56 календарь кунидан иборат узайтирилган меҳнат таътили берилади.

Лекин бунда таътил пули ишланган даврга мутаносиб равишда тўланади.

Меҳнат кодексининг 233-моддасида ҳар йилги меҳнат таътилида бўлган вақти учун ходимга ушбу Кодекснинг 257-моддасига мувофиқ ҳисоблаб чиқариладиган ўртача иш ҳақининг сақланиши кафолатланиши белгиланган.

Бунда ўртача иш ҳақи у ҳисобланадиган ойдан олдинги ўн икки ойни ташкил этувчи ҳисоб-китоб даври ёхуд агар ходим ўн икки ойдан кам ишлаган бўлса, амалда ишланган давр учун ходимга ҳисобланган иш ҳақидан келиб чиққан ҳолда белгиланади (МК 257-м 1-қисм).

Шу қоидага кўра ходимнинг ўртача ойлик иш ҳақини ҳисоблашда у 12 ойдан ортиқ ишлаган бўлса, унинг таътилга чиқишдан олдинги 12 ойлик даврда корхонадан олган барча тўловлари (иш ҳақи, моддий ёрдам, мукофот пули ва бошқалар) қўшилган ҳолда 12га бўлинади.

Демак, ўқитувчи 12 ойдан кам ишлаган бўлса, ишган давридаги иш ҳақлари юқоридаги тартибда қўшилади ва шу ишланган даврга бўлинади. Юқоридаги мисолга қайтадиган бўлсак, ўқитувчи ишга кирганига 3 ой бўлган ҳолатда, унга таътил пули шу даврга мутаносиб равишда ҳисоблаб чиқарилади.

Шундай фойдали мақолаларни Yuristpro.uz лойиҳамиздан ҳам топишинингиз мумкин.

@magistrlarofficial
16.5K viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2024-06-05 18:40:42
''SCIENCE SHINE'' xalqaro ilmiy jurnalining 18-soniga maqola qabul qilish davom etmoqda!

Barcha maqolalar google scholarda indekslanadi

(Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan berilgan № 063874 guvohnomasi bilan tasdiqlangan)
Jurnal davriy nashri uchun
ISSN: 3030-377X raqam ostida ro'yxatga olingan.

Jurnal rasmiy sayti
http://science-shine.uz/

Materiallar 9-iyun soat  18:00 ga qadar
@RavshanjonAbdullayev +998911529314 Telegram manzili orqali qabul qilinadi

E'lon qilinishi: 10.06.2024

Jurnal talablari: axborot xatida ko‘rsatilgan

Maqola qabul qilingach har bir muallifga  elektron sertifikat va to'plam taqdim etiladi

Maqola uchun to’lov 80 ming so’m!

Indekslanishi:
Googlescholar
Zenodo
DOI

Axborot xati

Rasmiy kanalga ulaning:
https://t.me/konferensiyavajurnallar
10.5K views15:40
Ochish/sharhlash
2024-06-05 18:40:27
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Avvalgi ro‘yxat bu yerda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
9.0K views15:40
Ochish/sharhlash
2024-06-05 14:43:48
#XUSHXABAR
#xalqaro_reyting

Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.

Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ikki universitet jamoasini oldiga qoʻygan maqsadlariga erishganlari bilan samimiy tabriklaydi.

@magistrlarofficial
14.7K views11:43
Ochish/sharhlash