Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.38K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2024-05-31 07:06:49
Men bu surat bilan musulmonlik yoki g'ayridin masalasi ikkinchi, avvalo inson inson bo'lishi kerakligini dalilini ko'ryapman.
8.3K views04:06
Ochish/sharhlash
2024-05-30 19:33:08
Ixcham variant: Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.


P/S: Sog'liqni saqlash sohasidagi yo'nalishlar uchun ham talaba B1 darajaga tushibdi.
Lekin SSV B2 deb ma'lumot bergan edi.

@doktorantlarofficial
@magistrlarofficial
@doktorantlarofficial_group
15.2K viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2024-05-30 18:42:30
#Savollarga_javoblar

*Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
9.3K views15:42
Ochish/sharhlash
2024-05-30 16:09:57
IELTS 4 daraja bilan magistraturaga kirsa bo‘ladimi?

Turli kanallarda shu mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Aytilishicha, IELTS 4 daraja bilan magistratura va doktoranturaga o‘qishga kirsa bo‘ladi.

Aslida, unday emas. Nega?

Prezident farmoni bilan magistraturaga chet tili talabi tushurilgan, lekin hamma yo‘nalishlarga ham emas. To‘g‘ri, ba’zi yo‘nalishlarda 4 ball bilan ham kirsa bo‘ladi. Faqat bu yo‘nalishga bog‘liq.

Farmonga ko‘ra, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.3K views13:09
Ochish/sharhlash
2024-05-30 11:46:42 Rasman: Nodavlat oliygohlar endi sirtqi ta'limga xohlaganicha talaba qabul qila olmaydi

2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Ya'ni endilikda nodavlat oliygohlar kunduzgi ta'lim uchun 1000 talaba qabul qilsa, sirtqi va kechki ta'lim shakli uchun ham jami 1000 ta talaba olish imkoniga ega. Undan ortig'i mumkin emas. Masalan: 1000*2=2000

Bu degani nodavlat oliygohlarning umumiy nechta talaba qabul qilishi, uning kunduzgi ta'lim talabalar soniga qarab aniq bo'ladi.

Asos: 24-may kuni PF-81 sonli Prezident farmoni e'lon qilindi

@magistrlarofficial
15.0K viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2024-05-30 08:04:40 #Chet_tili_sertifikati
#Rasmiy
#Ustama

Хорижий
тиллар ва умумтаълим фанларини билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхати тасдиқланди

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг қарори, 29.05.2024 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3515

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.6K views05:04
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:57:24 #xushxabar

Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi

Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)

Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.1K views04:57
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:53:08 #xushxabar #rasmiy

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.

Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.6K views04:53
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:49:57
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.2K views04:49
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:31:06
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Avvalgi ro‘yxat bu yerda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.8K views04:31
Ochish/sharhlash