Get Mystery Box with random crypto!

#Bilim_doirasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari ag | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Bilim_doirasida

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bilim doirasida" ko‘rsatuvining bu galgi sonida Halima Xudoyberdiyeva hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari bellashishdi.

E'tiborlisi, O'quvchilarimiz - Abduhalimova Marjona, Shodiyeva Iroda, Xushvaqtova Irodalardan iborat maktab jamoasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabidan ustun kelishdi. Ular O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari - kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

O'z navbatida, ko'rsatuv shartlariga o'quvchilarni tayyorlashda mas'ul etib tayinlangan Dildora Shodmonovaga, shuningdek, ijod maktabining barcha ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram