Get Mystery Box with random crypto!

#Аёлларни_эъзозлаш_ҳафталиги O‘zbekiston Respublikasi Vazirl | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Аёлларни_эъзозлаш_ҳафталиги

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 33-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Ayolga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida barcha ta’lim muassasalarida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag'ishlab "Ayolga ehtirom - oliyjanob qadriyat" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

Bayramona tadbirda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmonlar assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyat bo'limi raisi Oynisa Ochilova, Tabassum MFY, mahalla faollari, faxriy uztozlar, ota-onalar, maktabning barcha o'qituvchi hamda o'quvchilari, shuningdek, bir necha yillar ta'lim sohasida samarali faoliyat ko'rsatgan, ko'p yillik faoliyati davomida qator yutuqlarga erishgan faxriy ustozlardan biri Feruza Hatamova ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijod maktabi o'quvchilari adabiy-badiiy, raqs, musiqa va an'anaviy ijrochilik bo'yicha o'z kompozitsiyalarini namoyish etishdi.

Tadbirda alohida yutuqlarga erishgan, faol o'qituvchilar ijod maktabi ma'muriyati tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar, e'tirof etildilar.

Ijod maktabida "Ayollarni e'zozlash haftaligi" davom etmoqda.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram